Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

AHOLI UCHUN YANA BIR QULAYLIK

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
AHOLI UCHUN YANA BIR QULAYLIK

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi va “Click” tizimi o‘rtasida erishilgan kelishuv samarasida tabiiy gaz uchun aholi bilan hisob-kitob qilishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Ishga tushirilgan ushbu tizim aholiga yangi imkoniyatlar yaratib, tabiiy gaz uchun hisob-kitoblar oshkoraligini ta’minlaydi. Endi “Click” tizimidan foydalanuvchilar o‘z hisobini tekshirib, iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovni plastik karta orqali amalga oshirishi mumkin.

Keyingi yillarda mamlakatimiz xalq xo‘jaligining ko‘plab sohalarida ilg‘or axborot-kommunikatsiya yechimlarini keng joriy etish hisobidan ish unumdorligini oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu yo‘nalishda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi salmoqli ishlarni amalga oshirayotir. Prezidentimizning 2006-yil 8-avgustdagi “O‘ztransgaz” aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, kompaniya tomonidan tabiiy gazni iste’molchilarga yetkazib berish va “zangori olov” uchun to‘lov intizomini mustahkamlash bo‘yicha samarali tizim joriy etilmoqda.

So‘nggi vaqtda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan avtomatlashtirilgan “BillingGaz” o‘zaro hisob-kitob tizimi joriy qilindi. Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari yordamida jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan mazkur tizim abonentlar to‘lovlarini o‘z vaqtida qayd qilish, tariflarni to‘g‘ri qo‘llash, abonentlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini aniq hisobga olish imkonini beradi. Shu asosda to‘lov va boshqa ma’lumotlarning ochiqligi, ishonchliligi ta’minlanayotir.

Etakchi mobil va internet-banking tizimi bo‘lgan “Click” bilan tuzilgan shartnoma bu boradagi ishlarning uzviy davomi bo‘ldi. Mazkur tizim foydalanuvchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ular tomonidan kiritilgan to‘lovlarni o‘z vaqtida hisobga olish va to‘lovlarni abonentlarning shaxsiy kartochkalarida darhol aks ettirish imkonini beradi. Tabiiy gazdan foydalanuvchi jismoniy shaxslar endi to‘lov to‘g‘risidagi kvitansiyani to‘ldirishining hojati yo‘q. Negaki, amalga oshirilgan barcha to‘lovlar avtomatik ravishda bazada qayd qilinib, shu zahotiyoq foydalanuvchining plastik kartasida aks etadi.

“Click” tizimidan foydalanuvchilar uning imkoniyatlaridan uyidan chiqmay turib foydalanishi, xususan, plastik kartasidagi o‘z hisobi to‘g‘risida axborot olishi va uni to‘ldirishi mumkin. Shuningdek, foydalanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik karta hisobidan o‘z mobil telefoni yoki my.click.uz yoxud m.click.uz saytlaridagi shaxsiy kabineti orqali tabiiy gaz uchun oldindan to‘lovni amalga oshirishi va o‘z qarzini ham to‘lashi mumkin.

– “BillingGaz” o‘zaro hisob-kitob tizimining rivojlanishi va o‘z hisobini “Click” tizimi orqali darhol tekshirish hamda foydalanilgan tabiiy gaz haqini o‘z vaqtida to‘lash imkoniyati nafaqat to‘lov intizomini yaxshilash, balki “O‘ztransgaz” kompaniyasiga o‘z faoliyati samaradorligini va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirish imkonini beradi, – deydi “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Sh.Mahmudov. – Kelajakda tabiiy gazni hisobga olishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini keng joriy qilish va iste’molchilarga yangi gaz hisoblagichlar o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

O‘zA