AHOLI XABARDORLIGI MUHIM MASALA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan shu yilning birinchi choragida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning ijtimoiy ahamiyatini targ‘ib qilishga doir 150 ga yaqin tadbir tashkil etilgan.
Natija esa ko‘p jihatdan son emas sifatga bog‘liqligi ta’kidlandi partiya markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida. Tadbirda partiyaning markaziy, Toshkent shahar va viloyati kengashlari xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, «Faol ayollar», «Istiqbol» yoshlar qanoti faollari, jurnalistlar qatnashdi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishga qaratilgan aniq vazifalar qamrab olingan.
Davra suhbatida partiya tomonidan tashkil etilayotgan targ‘ibоt tadbirlarining ta’sir kuchini oshirish borasida qator tavsiyalar berildi. Ularda partiyaning targ‘ibоtchi guruhlari tarkibini qaytadan ko‘rib chiqish lozimligi, bunda o‘z sohasi bo‘yicha tajribali, Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar mazmun mohiyatini chuqur anglagan mutaxassislarni jalb etish maqsadga muvofiqligi, targ‘ibоt tadbirlari qaysi hududda o‘tkazilsa Harakatlar strategiyasidagi ana shu hududga daxldor bo‘lgan yoki shu hudud aholisini qiynayotgan muammolarni hal etish yuzasidan belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatni tushuntirishga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligi, targ‘ibоt tadbirlarini partiya nashrlari izchil yoritib borishi kerakligi qayd etilgan.
Davra suhbatida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni turli buzg‘unchi harakatlar ta’siridan asrash maqsadida uyushtirilayotgan targ‘ibоt tadbirlarini yanada samarali usullarda o‘tkazish borasida qator vazifalar belgilab olindi.
O’zA