Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

AHOLINING HAYOTI, TINCHLIGI VA XOTIRJAMLIGINI ASRASH YO’LIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
AHOLINING HAYOTI, TINCHLIGI VA XOTIRJAMLIGINI ASRASH YO'LIDA

Ma’lumki O’zbekistonda 14-yanvarda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanadi. Ushbu kunda butun mamlakat o’z hayotini Vatanimiz himoyasiga hamda xalqimizning tinch va osoyishtaligini himoya qilishga baxshida etgan sharafli kasb egalarini qutlaydi.

O’zbekistonda aholi hamda mamlakat hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligini ta’minlash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bois respublikamiz suverenitetining dastlabki kunlaridanoq tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan O’zbekiston fuqarolarini himoya qiladigan mustahkam va samarali tizimni yaratish eng muhim masalalardan biri bo’lgan.

Oldinga qo’yilgan bunday maqsadlarga erishish uchun o’z ko’lami va mazmundorligi jihatidan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Fuqaro muhofazasi to’g’risida”gi, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida”gi, “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi hamda favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish va va ularning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, qutqaruv xizmati faoliyati bilan bog’liq masalalarni samarali boshqaradigan zarur me’yoriy-huquqiy zamin shakllandi. Ushbu hujjatlarda davlat hokimiyati mahalliy organlari bilan bir qatorda, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarining vakolatlari ham belgilab berilgan. Chunonchi, mazkur institutlar tegishli hududlar, suv ta’minoti, turarjoylar, ta’lim muassasalari sanitariya hamda ekologik holati ustidan jamoatchilik nazoratini o’rnatish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun aholini faol jalb qilib kelmoqda. Ayni paytda vakolatli organlarning majburiyatlari va fuqarolarning favqulodda vaziyatlar haqida axborot olish huquqlari ham mustahkamlab qo’yilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to’g’risida» 1996 yil 4 martdagi Farmoni bu yo’nalishdagi muhim qadam bo’ldi. Ushbu Farmonga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholi va hududlarni turli tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, sodir bo’lgan taqdirda oqibatlarini bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarini muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrda favquloda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.

O’tgan yillar mobaynida vazirlik tarkibida zamonaviy qutqaruv texnikalari va boshqa zarur maxsus anjomlar bilan ta’minlangan malakali bo’linmalar shakllandi.

Yurtimizda va ilg’or xorijiy mamlakatlarda to’plangan ko’p yillik tajribaga tayangan holda, fuqaro mudofaasi qurilishi bo’yicha o’z umrini o’tab bo’lgan eskicha yondashuv va qoliplardan tubdan farq qiladigan, har tomonlama puxta o’ylangan, zamonaviy kompleks dastur asosida mutlaqo yangi, favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi hamda uning muvofiqlashtiruvchi organi - Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi.

Bugungi kunda ushbu tizim 40 dan ortiq turli vazirlik va idoralarni, respublikamizning barcha hududiy bo’g’inlarini qamrab olib, davlat boshqaruvi hamda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, tabiiy ofat va halokatlarning oldini olish, ularning oqibatlariga qarshi kurashish bo’yicha milliy kuch va vositalarning o’zaro uyg’unligi va yaqin hamkorligini ta’minlamoqda.

Mamlakat va mintaqalarimiz darajasida tashkil etilgan harakatchan avariya-qutqaruv, radiatsion-kimyoviy va biologik muhofaza guruhlari, ob’yektlarning fuqaro muhofazasi tuzilmalari barcha turdagi xavfli tabiiy hodisalar va texnogen halokatlar, jumladan, transchegaraviy ko’rinishdagi falokatlarga qarshi chora-tadbirlarni tezkor va o’z vaqtida amalga oshirmoqda.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, jumladan, seysmik holatlarni kuzatib borish va yong’inlarning oldini olishda qo’llanadigan texnologiyalardan, shuningdek, halokatlar paytida ishlatiladigan eng yangi qutqaruv uskunalari, maxsus transport va texnikadan keng foydalanish favqulodda vaziyatlarni monitoring va prognoz qilish tizimining yuksak darajada ishonchli bo’lishini, qutqaruv operatsiyalarini rejalashtirish va amalga oshirishning tezkorligini ta’minlamoqda.

Shu yillar mobaynida operativ fikrlash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo’lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholini qanday harakat qilishga o’rgatish tizimini takomillashtirish borasida ham ko’pgina ishlar amalga oshirildi.

Favqulodda vaziyatlar xizmatlari va tuzilmalarini tashkil topishi bo’yicha shu davrda bosib o’tilgan murakkab yo’lga baho berilar ekan, iqtisodiyot ob’yektlarining barqaror ishlashi, mamlakatimiz fuqarolarining hayoti, tinch mehnati va osoyishtaligining himoyasi ishonchli qo’llarda, deb aytishga to’la asos mavjuddir.

“Jahon” AA