Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

AHOLINING YUKSAK SAYLOV MADANIYATI VA FAOLLIGI – DEMOKRATIK SAYLOVLARNING MUHIM OMILI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
AHOLINING YUKSAK SAYLOV MADANIYATI VA FAOLLIGI – DEMOKRATIK SAYLOVLARNING MUHIM OMILI

2016-yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida “Aholining yuksak saylov madaniyati va faolligi – demokratik saylovlarning muhim omili” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari, shuningdek, videokonferensaloqa orqali okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolari, nodavlat notijorat tashkilotlari va milliy madaniyat markazlari faollari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) U.Muhammadiyev, YeXHTning mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori Jon Makgregor va boshqalar O‘zbekistonda mustaqil saylov tizimini shakllantirish va rivojlantirishda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlari boshqaruvida ishtirok etishi, o‘z xohish-irodasini erkin bildirishini ta’minlashning ta’sirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yaratilgani, saylov qonunchiligi ilg‘or xorijiy tajribaga, xalqaro saylov standartlariga mos ravishda izchillik bilan takomillashtirilayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda 21 million 435 ming saylovchi bo‘lib, ularning 10 million 825 mingdan ziyodi xotin-qizlar, 555 mingdan ortig‘i saylovda birinchi marta ovoz berayotgan yoshlardir.

Tadbirda fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash, shu jumladan, nogironlar, qamoqda saqlash joylarida saqlanayotgan fuqarolarga saylov jarayonida ularning saylov huquqlarini ro‘yobga chiqarishda yaratilayotgan sharoitlar haqida fikr almashildi.

Mazkur yo‘nalishda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar ham tizimli va rejali ishlarni amalga oshirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash, huquqiy va saylov madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha asosiy tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Turli millat vakillari bo‘lgan fuqarolarga saylovoldi tashviqoti materiallari bilan tanishishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Saylov kampaniyasi jarayonlari haqidagi axborotlar mamlakatimizdagi OAVlarda 17 tilda chop etilmoqda.

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

O’zA