Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

AKSIYADORLIK JAMIYATLARI FAOLIYATI TAKOMILLASHMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
AKSIYADORLIK JAMIYATLARI FAOLIYATI TAKOMILLASHMOQDA

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator dolzarb qonun loyihalari yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasida ekspertlar, mutaxassislar hamda manfaatdor idoralarning vakillari ishtirokida “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublari joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda.

Ta’kidlash lozim, mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida ishlab chiqilgan. Ushbu farmonda aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini oshirish korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilangan.

Muhokama etilayotgan qonun loyihasi sohadagi qonunchilikning tizimliligini ta’minlash, ularning normalari va ijro mexanizmlarini birxillashtirish, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish tizimining to‘laqonli bo‘lishiga xizmat qiladi.

Loyihaga ko‘ra, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga va O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

– Hozirda dunyoning rivojlangan mamlakatlari aksiyadorlik jamiyatlari zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish evaziga yuqori iqtisodiy natijalarga erishib kelmoqda, – deydi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi A.Umirov. – Mamlakatimizning bugungi kundagi iqtisodiy salohiyati, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarning izchilligi bu boradagi munosabatlarning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashni taqazo etmoqda. Shu ma’noda qonun loyihasi tizimni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini samarali shakllantirish va faol joriy etish bo‘yicha talablarni aniq belgilab beradi.

Bugungi kunda mamlakatimizda ko‘pgina korxonalar, jumladan, xorijlik muassislar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar ishlab chiqarishni zamonaviy asosda tashkil etib, boshqaruvda ilg‘or usullarni joriy qilmoqda.

Shu bois, qonun loyihasida endilikda aksiyadorlik jamiyati ijro organining rahbarini tayinlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovda xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin bo‘lgan norma ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, mazkur loyihada bundan buyon aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv xodimlari sifatida chetdan jalb qilingan xorijiy mutaxassislarga va ular sarmoya kiritgan aksiyadorlik jamiyatlari uchun tegishli imtiyozlar, yengilliklar yaratilishi va bu orqali xorijiy mutaxassisning shu faoliyatdan olgan daromadlariga daromad solig‘i solinmasligi va jamiyatlarga jalb qilingan chet ellik mutaxassisning mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov hisoblab chiqarilmasligini ko‘zda tutuvchi normalar o‘rin olmoqda.

Muhokamalar chog‘ida aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublari bo‘yicha milliy va ilg‘or xorijiy tajriba qiyosiy tahlil etilmoqda. Xususan, Germaniya, Fransiya, Avstriya kabi davlatlarning muvaffaqiyatli tajribalari o‘rganilmoqda.

– Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayoniga soha mutaxassislari, ekspertlar jalb etilayotgani muhokamalarning konstruktivligini ta’minlashi bilan bir qatorda qonunchilikning sifati va ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi, – deydi ishchi guruh a’zosi, Davlat raqobat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i T.Nabiyev. – Mazkur qonunning qabul qilinishi korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini, xususan, ishlab chiqarish menejmenti, faoliyatning sarmoyadorlar uchun shaffofligini oshirish kabi usullarni joriy etish orqali aksiyadorlik jamiyatlarining samaradorligini kuchaytirishga, ularning xalqaro mezonlarga mos ravishda faoliyat yuritishiga imkon yaratadi.

Qizg‘in bahs-munozaralar asosida o‘tayotgan muhokamalar jarayonida Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari a’zolari, amaliyotchi huquqshunoslar, huquqshunoslar, ekspertlar va soha mutaxassislari qonun loyihasini to‘la qo‘llab-quvvatlash bilan birga, uni yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini ham bildirmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi Axborot xizmati

WWW.UZA.UZ