AKT HAFTALIGI: ISTIQBOL VA USTUVOR YO‘NALISHLAR
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					Mamlakatimizda ish boshlagan «ICTWEEK Uzbekistan –2017» an’anaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi 22-sentabrga qadar davom etadi. Haftalik doirasida AKT tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan qator tadbirlar, aloqa va axborotlashtirish sohalarida qo‘lga kiritilgan so‘nggi yutuqlar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Bugungi kunda AKT innovatsion taraqqiyot, iqtisodiy samaradorlik va raqobatbardoshlikni oshirish, uni diversifikatsiya qilish va ishbilarmonlik faoliyatini rag‘batlantirish, pirovardida aholi turmush darajasini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda AKTni barcha sohalar, jumladan, davlat boshqaruvi organlariga ham joriy etish bo‘yicha bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirildi. Xalqaro standartlarga mos raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, AKT mahsulotlari eksporti hajmini ko‘paytirish maqsadida 2017-yil 30-iyunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.
Mamlakatimiz axborot texnologiyalari tarmog‘ini yanada rivojlantirishda 2004-yildan buyon har yili sentabr oyi oxirida o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy «ICTWEEK Uzbekistan» AKT haftaligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
AKT haftaligini 19-sentabrda bo‘lib o‘tadigan «ICTSUMMIT – 2017» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sammiti ochib beradi. Unda raqamli iqtisodiyot trendlari, global raqamli transformatsiyasi doirasida AKTning fundamental rivojlanishi, keng polosali internetdan foydalanishning AKT infratuzilmasiga ta’siri, «4.0 industriyasi», raqamli iqtisodiyotda sun’iy intellektning o‘rni kabi masalalar muhokama qilinadi. Sammit ishida AKT, tijorat, moliya va iqtisodiyot sohalarida taniqli bo‘lgan xorijiy mutaxassislar va olimlar ishtirok etadi.
Tadbir doirasida, shuningdek, «CIOSUMMIT» joy olgan bo‘lib, unda buyumlar interneti uchun platforma (IoT), mashina ta’limi, raqamli transformatsiyaga bag‘ishlangan ma’ruzalar, cio.uz loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
19-21-sentabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan «ICTExpo – 2017» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi haftalik doirasidagi eng yorqin tadbirlardan biri bo‘ladi.
Haftalik davomida «ICT FORUM – 2017» tadbiri ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Forum yig‘ilishlari doirasida bulutli servislar o‘zaro aloqasini yaxshilash uchun bulutli texnologiyalardan foydalanish, mobil o‘qitish va ta’limning istiqboli, sun’iy intellekt va kiber xavfsizlik kabi mavzular yoritiladi.
O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro elektr aloqalar ittifoqining «IoT» buyumlar interneti yo‘nalishida kiber xavfsizlikning muhim jihatlariga bag‘ishlangan hududiy seminar ham bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatimiz mutaxassislari bilan birga, Moldova, Ukraina, Qozog‘iston, Rossiyadan ma’ruzachilar, mashhur xalqaro kompaniyalar vakillari ishtirok etadi.
O’zA
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















