AKTYOR IJODIDA RAQS SAN’ATI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Respublika Yosh tomoshabinlar teatrida «Aktyor ijodida raqs san’ati» I ko‘rik-festivali bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi va “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda vazirlik tizimidagi tashkilot, ijodiy muassasa va birlashmalar, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi maskanlari vakillari, yoshlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi B.Ahmedov, «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi direktori V.Umarov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida madaniyat va san’atni ravnaq toptirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning turli xalqaro tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallab, milliy san’atimizning betakror jozibasini dunyoga tanitishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi
Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘layotir.
Mazkur ko‘rik-festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad zamonaviy raqs bilan birga, milliy san’atimizning takomillashgan usullari, shakl va jozibasi, bu borada erishilayotgan yutuqlarni namoyish etishdan iborat. Festivalda madaniyat va san’at sohasining yosh mutaxassislari, teatr jamoalari, ushbu yo‘nalishda tahsil olayotgan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari va institut talabalari o‘z ijodiy ishlarini namoyish etdi. Yoshlarning bilim va ilmiy-intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati, ijro mahorati hamda sahna madaniyati uch bosqichda baholab borildi.
Festival o‘z uslubiga ega umidli yoshlarning ijodiy intilishlarini to‘la namoyon etish, mutaxassislarning ushbu sohaga oid bilimlarini mustahkamlash, iste’dod egalarining o‘zaro fikr va tajriba almashishiga imkon yaratdi. Ayni paytda ushbu ijodiy loyiha yurtimizda san’at, madaniyat yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan muassasalarning o‘zaro istiqbolli hamkorligini keng yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Avazbek Komilov Toshkent madaniyat kollejining drama teatri aktyorligi yo‘nalishida tahsil olish jarayonida ustozlaridan aktyorlik san’ati, plastik ifodaviylik, yuz ishoralari, emotsional taassurot kabi usullarni puxta o‘zlashtirgan.
– Ko‘plab ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etganman, – deydi A.Komilov. – Ushbu festivalda jamoamizning oldindan tayyorlangan chiqishini, so‘ngra belgilangan asarni qisqa vaqtda sahnalashtirib ijro etdik. Iste’dodli tengdoshlarimning mahoratini ko‘rib, raqs san’atiga qiziqishim yanada ortdi. Ularning ijodiy namunalari menda katta taassurot qoldirdi.
Festival g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
San’at ustalari va ijodkor yoshlar ishtirokida konsert namoyish etildi.
"Jahon" AA