Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni Belarusga taklif etdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni Belarusga taklif etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 12 sentabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar 13 sentabr kuni Ko‘ksaroyda rasmiy kutib olish marosimi bilan boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko avval tor doirada muzokara o‘tkazdi.

Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston bilan Belarus samimiy do‘st va ishonchli sherik ekanini ta’kidladi.

– 2016 yil Samarqanddagi uchrashuvimizda davlatlararo munosabatlarni har tomonlama mustahkamlashga kelishib olgandik. O‘tgan ikki yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik xalqlarimizni quvontiradigan darajaga yetdi. O‘zaro tovar ayriboshlash hajmi 2017 yil yakunlari bo‘yicha 60 foizdan ziyod o‘sdi. Joriy yilning yanvar-iyul oylarida esa qariyb 4 barobar oshdi. Bunday natijalar hech qachon bo‘lmagan. Bu o‘zaro hamkorlik uchun ulkan salohiyat borligidan, odamlarimiz bir-birini sog‘inganidan dalolat beradi. Mamlakatlarimiz iqtisodiyoti bir-birini to‘ldiradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Belarus Prezidenti taklif uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

– Sizning rahbarligingizda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor, – dedi Aleksandr Lukashenko. – Ham ichki, ham tashqi siyosatda oqilona o‘zgarishlar qildingiz. 33 million aholiga ega gigant mamlakatni to‘g‘ri yo‘ldan olib boryapsiz. Qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamladingiz. Ushbu muvaffaqiyatli siyosiy kurs bilan Sizni tabriklayman. Biz yaxshi bilgan va o‘zaro manfaatli bo‘lgan barcha sohalarda hamkorlik qilishga, tajriba almashishga tayyormiz.

Muzokarada O‘zbekiston bilan Belarus o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikka doir keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlashga, o‘zaro manfaatli sohalardagi aloqalarni izchil rivojlantirishga kelishib olindi.

Xalqaro va mintaqaviy jarayonlar yuzasidan fikr almashilar ekan, bugungi kundagi dolzarb masalalar bo‘yicha tomonlarning pozitsiyasi mos kelishi tasdiqlandi. Davlat rahbarlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni o‘zi uchun qulay vaqtda Belarusga tashrif bilan borishga taklif etdi.

www.prezident.uz