Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ALEKSANDR RAR: O‘ZBEKISTON – MARKAZIY OSIYONING ENG ISTIQBOLLI VA YIRIK DAVLATI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ALEKSANDR RAR: O‘ZBEKISTON – MARKAZIY OSIYONING ENG ISTIQBOLLI VA YIRIK DAVLATI

SAMARQAND, 11 noyabr. /«Dunyo» AA/. Samarqandda “Valday” xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi davom etmoqda. Unda 10 dan ortiq mamlakat ekspertlari qatnashmoqda.

“Dunyo” AA muxbiri taniqli nemis eksperti, Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi siyosat bo‘yicha kengashining “Rossiya-Yevrosiyo” markazi direktori, Valday klubi a’zosi Aleksandr Rardan Osiyoda integratsiya jarayoni faollashayotgan bir vaziyatda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo munosabatlari qanday bo‘lishi kerakligi haqida eksklyuziv intervyu oldi.

– Janob Rar, bugun xalqaro geopolitik fokus va iqtisodiy faollik Sharqqa ko‘chayotgani kuzatilmoqda. Aytingchi, shu munosabat bilan Markaziy Osiyo mintaqasi uchun qanday istiqbollar ochilmoqda?

– Menimcha, eng muhimi, Markaziy Osiyo ko‘pqutbli dunyo shakllanayotgan jarayonda o‘zining istiqbolli o‘rnini yo‘qotib qo‘ymasligi kerak. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston tashqi siyosati, uni amalga oshirayotgan diplomatlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi.

O‘zbekiston oldida kelajak avlodlar uchun barqarorlik va uzoq muddatli istiqbolni ta’minlashdek katta vazifa turibdi.

Markaziy Osiyoda osoyishtalik muhiti hukm surmoqda, shu bois kelajakka umidvorlik va ishonch bilan boqish mumkin.

– Yirik davlatlar raqobati sharoitida Markaziy Osiyo bunday qarama-qarshilikning salbiy oqibatlari ta’siridan saqlanib qolishi mumkinmi?

– Men uchun Rossiya, Xitoy va Hindiston kabi davlatlar mintaqada raqobat qilmayotgani o‘ta muhimdir. Bundan bor-yo‘g‘i bir necha yil muqaddam bunday qarama-qarshilikning navbatdagi mojaroga aylanib ketish ehtimoli mavjuddek tuyular edi.

Bu boradagi shaxsiy nuqtai nazarim shundan iboratki, Markaziy Osiyoda Yevrosiyo ko‘lamidagi hamkorlikka xizmat qiladigan institutlar yaratiladi.Ularning faoliyati global ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘pqutbli dunyo shakllanish yo‘llarini belgilab beradi.

Markaziy Osiyoda bir-biriga qarshi turgan harbiy tashkilotlar yo‘q. Yana e’tiborli jihati, mintaqada inqiroziy vaziyatga olib kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshilik ham mavjud emas.

– Joriy yil Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyani qabul qildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi mazkur strategiyani hayotga tadbiq qilishda qanday qiyinchiliklar va xavfga duch kelishi mumkin?

– Men Yevropada istiqomat qilayotgan bir kishi sifatida, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan strategik munosabatlarni shakllantirish bo‘yicha intilishlarini qo‘llab-quvvatlayman. Biroq “Yevropa kechikmadimikan?”, degan fikrlarim ham bor.Masalan, birinchi strategiyadagi “Nabukko” loyihasi amalga oshirilmadi va bu yo‘nalishda biron-bir natijaga erishilmadi.

Yevropa Ittifoqi dialog orqali hamkorlik qilish tarafdori. O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyoning dialog haqida o‘z tushunchalari bor. Yangi strategiyasiga kelsak, menimcha, Yevropa Markaziy Osiyo tomon intilishi jarayonida bu yerda boshqa yirik davlatlar ham faoliyat olib borayotgani, ular bilan ham dialog olib borish va hamkorlik qilish kerakligini yoddan chiqarmasligi kerak.

– Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston yangi strategiya qog‘ozda qolib ketmasligi uchun nima qilishi kerak?

– Men yana dialog qilish kerakligi haqidagi fikrlarimga murojaat qilaman. U turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin, biroq albatta o‘zaro intilish asosida qurilishi kerak. Yevropaga iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishga manfaatdorlik nuqtai nazaridan qaralmoqda, Yevropa ham shunday mazmunda javob berishi kerak.

Shu ma’noda Samarqandda ekspertlar darajasida tashkil qilingan uchrashuv bir birimizni yaxshiroq anglashimiz uchun qulay imkoniyat vazifasini o‘tadi.

– Yevropa Ittifoqining Afg‘onistonda tinchlikka erishish bo‘yicha strategiyasida Markaziy Osiyo va, xususan, O‘zbekiston qanday rol o‘ynashi mumkin?

– Afg‘onistonda urush qachondir tugashi kerak. Bu jarayonda, menimcha, yangi geosiyosiy aktorlar, jumladan, tarkibida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha tuzilmasi bo‘lgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga ham quloq tutilishi kerak.

Yevropa xalqaro terrorizmga qarshi umumiy kurashdan manfaatini his qilishi, Markaziy Osiyo va O‘zbekiston bilan ishonchlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilishi zarur. Radikal terrorizm barcha jamiyatlarga birday xavf solayotgani, unga qarshi birgalikda kurashish zarurligini tushunish darkor.

– Bugun O‘zbekistonda davlat va jamiyatning barcha jabhalarini qamrab olgan keng ko‘lamli islohotlar dasturi amalga oshirilmoqda. Bu Markaziy Osiyo va Yevrosiyo uchun iqtisodiy taraqqiyotga erishish, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash va boshqa sohalarda qanday yangi imkoniyatlarni yaratmoqda?

– Faqat ijobiy, albatta. Bugun O‘zbekiston bilan iqtisodiy hamkorlik faollashayotganini ko‘rmoqdamiz. Mamlakat iqtisodiy va inson resurslari bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng istiqbolli va yirik davlatdir.

Ma’lumki, yaqin vaqtgacha mintaqaviy hamkorlik qiyin kechayotgan edi. Yevropalik ekspertlarning fikricha, O‘zbekistondagi islohotlar orqali Markaziy Osiyoda Rossiya, Xitoy va Hindiston bilan bog‘liq bo‘lgan katta umumiy mintaqaviy bozor shakllana boshlanadi.

Men umid qilamanki, G‘arb sarmoyadorlari ushbu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi va mintaqani yanada chuqurroq anglay boshlaydi.

jaxonnews.uz