ALISHER NAVOIY VA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDI KUNLARI BISHKEKDA NISHONLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Bishkekdagi «Manas» universitetida o’zbek xalqining buyuk ajdodlari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, ijodi va davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga bag’ishlangan tantanali kecha bo’lib o’tdi.
Mamlakatimizning Bishkekdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda Qirg’izistonning rasmiy va ilmiy-akademik doiralari, ijodiy intelligensiya vakillari, professor-o’qituvchilar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda alohida qayd etilganidek, Alisher Navoiy birinchi bo’lib turkiy tilning butun go’zalligini, uning boyligi va betakrorligini ko’rsatib bergan buyuk ijodkordir. Ta’kidlanganidek, u o’z ijodida barchani do’stlikka va bir-birini o’zaro to’g’ri tushunishga da’vat etgan. Benazir so’z ustasi va dono davlat arbobi hamisha xalq bilan birga bo’lgan, uning orzu-istaklari bilan yashagan va ijod qilgan. U o’z hisobidan yuzdan ziyod binolarni qurdirgan, oddiy odamlarga beg’araz ko’mak ko’rsatgan.
Tadbir chog’ida o’zbek xalqining yana bir buyuk o’g’loni, nafaqat ulug’ siyosat arbobi, balki dilbar shoir sifatida ham tarixga kirgan Zahiriddin Muhammad Bobur siymosi haqida ham atroflicha fikr yuritildi. Qayd etilganidek, Bobur nafaqat shoir, balki o’z davrining tarixchisi, etnografi, o’lkashunosi, geografi hamdir.
— Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur o’zlarining buyuk asarlari bilan madaniy rivojlanishga ko’maklashgani barobarida ilmiy fikr taraqqiyotiga, Markaziy Osiyo va butun dunyo xalqlarining ma’naviy hayoti rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan, - dedi “Manas” universiteti rektori Sebaxattin Baljo‘ “Jahon” axborot agentligi uchun bergan intervyusi chog’ida.
«Jahon» AA, Bishkek