Alisher Usmonov “Obod qishloq” dasturiga 50 million dollar ajratadi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida Rossiya fuqarosi, yurtdoshimiz Alisher Usmonovning mamlakat uchun qilgan ishlari haqida toʻxtalib oʻtdi.
Yigʻilish davomida Prezident Namanganda Alisher Usmonov nomidagi “Youth Business Center” biznes markazi qurilishi haqida gapirib, bu yer Oʻrta Osiyoda yagona yoshlarga tadbirkorlik koʻnikmalarini oʻrgatadigan joy boʻlishini bildirdi. Shuningdek, xorijlik mutaxassislar ham oʻz bilim va koʻnikmalarini yoshlarga ulashadi.
“U (Alisher Usmonov nazarda tutilmoqda) bu yerda zamonaviy biznes markaz va biznes maktab ochadi. Dunyoga mashhur tadbirkor oʻziga oʻxshash yoshlarni tarbiyalashda yordam beradi. Bu ish uchun xorijlik mutaxassislar jalb etiladi”, degan edi davlatimiz rahbari.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev rossiyalik milliarder tomonidan Namangan viloyatiga “Obod qishloq” dasturi amalga oshirilishi uchun 50 million dollar miqdorida begʻaraz yordam ajratilishi haqida maʼlum qilgan.
OʻzA