ALLOMALAR MEROSI – TADQIQOT OBYEKTI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va qator tashkilotlar hamkorligida «Sharq allomalari ilmiy, adabiy merosini o‘rganishning dolzarb masalalari: tavsif, tarjima va tadqiqot» mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
O’zbekiston milliy axborot agentligining xabar berishicha, tadbirda manbashunos olimlar, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar va yoshlar ishtirok etdi.
Qadimiy sharq qo‘lyozmalari va sharq tillaridagi tarixiy hujjatlarni saqlashni tizimlashtirish va qayta tiklash, noyob qo‘lyozmalarning elektron bazasini tashkil etish va yuritish, yodgorliklarni chuqur tahlil etish hamda ularning ilmiy tavsifi kataloglarini tuzish borasida ko‘plab natijalarga erishilayotir. Qo‘lyozmalarning ilmiy sharh va tarjimalarini tayyorlash hamda ularni turli tillarda nashr etish ham alohida e’tiborda. Bu sa’y-harakatlar samarasida yaratilgan asarlar mutaxassis olimlar, yoshlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Anjumanda allomalar asarlarini har tomonlama chuqur o‘rganish, yuqori malakali yosh manbashunos va matnshunos mutaxassislarni tayyorlash, olib borilayotgan tadqiqotlarni jadallashtirish kabi masalalar muhokama etildi.
Tadbirda sharqshunosligimiz oldida turgan muhim vazifalar, Sharq qo‘lyozmalari markazida saqlanayotgan tarixiy hujjatlar asosida amalga oshirilayotgan tadqiqotlarni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
“Jahon” AA