Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi

2019 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили 2019 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari
hamma resurslarni ko'rsatish
Amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi

O‘zbekiston va Belarus rahbarlari muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev keyingi ikki yilda tovar ayirboshlash hajmi qariyb to‘rt barobar oshganini, bu sur’atni saqlab, savdo aylanmasini yanada kengaytirish kerakligini ta’kidladi.

Buning uchun mahsulot yetkazib beruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, biznes-forum va ko‘rgazmalarni muntazam tashkil etib, mavjud zaxiralarni imkon qadar ishga solish va o‘zaro manfaatli hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini qamrab olish muhimligi qayd etildi.

– Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya savdo oqimlarini chuqur tahlil qilib, nimalar hisobidan tovar ayirboshlash hajmini jadal oshirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Aleksandr Lukashenko Belarus va O‘zbekiston hamkorligi shunchaki do‘stona munosabatlar bilan cheklanmaganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbari tashrifining ko‘p qirrali dasturi muloqotni har tomonlama rivojlantirishga o‘zaro intilish mavjud ekanining yorqin tasdig‘idir.

— O‘zbekiston iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishda katta yutuqlarga erishdi, avtomobilsozlik, neft va gaz kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish kabi yangi tarmoqlar tashkil etildi. Belarus qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali O‘zbekiston bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga tayyor, - dedi Aleksandr Lukashenko.

Belarus uzoq muddatli hamkorlik dasturini amalga oshirish, qo‘shma korxona va servis markazlarini tashkil etish, sutni qayta ishlash zamonaviy majmualari, farmatsevtika quvvatlarini ishga tushirish, axborot texnologiyalari sohasida sheriklikni mustahkamlashdan manfaatdor ekani qayd etildi.

Tomonlar ikki mamlakatning yirik sanoat korxonalari o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish muhimligini ta’kidladi. Tajriba va texnologiyalar almashish orqali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular bilan ham ichki, ham uchinchi davlatlar bozorini ta’minlash istiqbollari muhokama qilindi. Qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, to‘qimachilik, charm-teri va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda kooperatsiyani kuchaytirish ham ustuvor ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev i Aleksandr Lukashenko ikki mamlakat hududlarida mavjud salohiyatni to‘la yuzaga chiqarish muhimligini ta’kidladilar. O‘zbekiston Prezidentining tashrifi arafasida Minskda o‘tgan forumda tomonlarning hamkorlikka intilishi qat’iyligi, o‘zaro manfaatli loyihalar ko‘pligi namoyon bo‘ldi.

Ilm-fan, raqamli texnologiyalar, ta’lim, madaniyat, turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi.

Muzokaralar yakunida qabul qilingan qarorlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.

www.president.uz