Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashiga Serjio Gor hamda Saida Mirziyoyeva hamraislik qiladi
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
AQSHning Toshkentdagi elchixonasining ma’lum qilishicha, yangi tashkil etilgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining hamraisi sifatida AQSH tomonidan Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakil, Elchi Serjio Gor hamraislik qiladi.
Avvalroq O‘zbekiston tomonidan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamrais bo‘lishi e’lon qilingan edi.
«Kengash AQSH va O‘zbekistonning investitsiya va eksport imkoniyatlarini kengaytirish, AQSH texnologiyalari va iste’dodlari uchun yuqori rivojlanayotgan sohalarni, ayniqsa IT va raqamli innovatsiyalarni yo‘lga qo‘yish; va AQSH eksportchilari uchun teng raqobat muhitini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi», — deyiladi AQSH elchixonasi xabarda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonda ushbu Kengashga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan quyidagi masalalarni ishlab chiqish ustuvor hisoblanishi belgilangan edi:
(a) strategik biznes tashabbuslar, yirik investitsiya va savdo loyihalari ishlab chiqilishi va kelishilishini muvofiqlashtirish, shuningdek, ular amalga oshirilishini doimiy monitoring qilish;
(b) O‘zbekistonga qo‘shimcha investitsiyalar jalb etish uchun maxsus investitsiya fondni yaratish, yirik investorlar sifatida Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC)ni va O‘zbekiston tomonidan ham investorlarni belgilash, shuningdek, muhim infratuzilmaviy va strategik loyihalarni moliyalashtirish va xatarlarni taqsimlash uchun yirik moliya institutlarini (YATTB, XMK, OTB) jalb qilish;
(v) tarif stavkalarini o‘zaro pasaytirish masalalari bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish;
(g) Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) rezidentlari bo‘lgan kompaniyalar mahsulotlari va xizmatlarini tizimli ravishda ilgari surish;
(d) mamlakatning investitsiya portfelini, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta zaxiralarining bir qismini va boshqa aktivlarni diversifikatsiyalash bo‘yicha takliflar kiritish.
O‘zA