Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Amir Temur xiyobonida Sohibqiron tavalludining 679-yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Amir Temur xiyobonida Sohibqiron tavalludining 679-yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Sohibqiron Amir Temur xotirasini e’zozlash, hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, targ‘ib etishga doimo alohida e’tibor qaratilmoqda.

An’anaga ko‘ra 9-aprel kuni poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida Sohibqiron tavalludining 679-yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Xalqaro Amir Temur xayriya jamg‘armasi raisi N.Habibullayev, tarix fanlari doktori D.Yusupova, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, xalqaro grossmeyster N.Mo‘minova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ma’naviyatni yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar jarayonida Amir Temur merosi shijoat, mardlik va adolat namunasi sifatida qadr va e’zoz topayotganini ta’kidladi. Binobarin, Sohibqiron qudratli davlat asoschisi, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat homiysi, dunyo sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk bunyodkordir.

Amir Temur va temuriylarning davlatchilik, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik, boshqa sohalardagi ulkan va boy merosini o‘rganishga qiziqish jahon miqyosida tobora ortib bormoqda. Yurtimizda va xorijda temuriylarning dunyo sivilizatsiyasi ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasiga oid ko‘plab asarlar yaratilmoqda, ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Bular Sohibqiron shaxsiyati va uni yetishtirgan zamin, tarixiy shart-sharoitga doir yangi-yangi qirralarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, kimki o‘zbek nomini, o‘zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo‘shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo‘lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak. Bobokalonimizning qudratli davlat, adolatli jamiyat barpo etish, o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik, barqarorlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, xalq farovonligini ta’minlashga oid ezgu tamoyillari bugun Vatanimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining asosiy mezoniga aylangan.

Sohibqiron o‘z tuzuklarida “Raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim. Har yerning tabiati, har el va shaharning rasmu odatlari, mizojidan voqif bo‘lib turdim. Har bir o‘lka va shahar ahlining ashrof-ulug‘lari bilan do‘st tutindim”, yana bir o‘rinda “aqlli kishilar va kengash sohiblari, ehtiyotkor, qat’iyatli arboblar, keyinini o‘ylab, olisni ko‘rib ish yurituvchi keksa va tajribali kishilarni xos majlisimga kiritib, ularning suhbatlaridan, ishlaridan naf olib, tajribalar hosil qilardim”, deb qayd etadi. Bu “Kuch – adolatda” shioriga amal qilingan buyuk saltanatda inson va uning sha’nu shavkati oliy qadriyat sifatida yuksak baholanganidan dalolat beradi.

Buyuk bobomiz faoliyati, o‘gitlari bugun ham bizga dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Yurtboshimiz rahnamoligida insonni ulug‘lsh, barcha sohada adolat tamoyiliga amal qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning yuksak samaralari bunga yaqqol dalildir. Zero, Sohibqiron merosini chuqur o‘rganish, targ‘ib qilishdan asosiy maqsad ham ana shu ezgu niyatlardir.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Keksalarni e’zozlash yili, deb nomlangan joriy yilda bu boradagi xayrli ishlar yanada keng tus olgan. Har bir insonga, xususan, yoshi ulug‘ kishilarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, nuroniy otaxonu onaxonlarni rozi qilib, ularning duoyu maslahatlarini olish hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarda yanada yorqin namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov Amir Temur monologini, yosh shoir Faxriddin Hayit Sohibqironga bag‘ishlangan she’rini o‘qib berdi.

Tadbir qatnashchilari Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘ydi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov ishtirok etdi.

* * *

Shu kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida “Amir Temur davrida ilm-fan va madaniyat rivojining umumbashariy ahamiyati” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Amir Temur – yosh rassomlar nigohida” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. “Shohruhiya – Temuriylar davri bunyodkorligi yodgorligi” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Amir Temur tavalludining 679-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlarda bo‘lib o‘tmoqda.

www.uza.uz