Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI VA ROSTOK UNIVERSITETI O‘RTASIDA QO‘SHMA TA’LIM DASTURI TASHKIL ETISHGA OID SHARTNOMA IMZOLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI VA ROSTOK UNIVERSITETI O‘RTASIDA QO‘SHMA TA'LIM DASTURI TASHKIL ETISHGA OID SHARTNOMA IMZOLANDI

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining Germaniya ta’lim muassasalari va markazlari bilan o‘zaro aloqalarini rivojlantirish, xususan, turli sohalar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida qo‘shma ta’lim muassasalari va dasturlarini tashkil etish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va talabalar almashuvini muntazam ravishda tashkil etib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti (ADTI) delegatsiyasi o‘zaro hamkorlik doirasida Rostok universitetining 600 yillik yubileyi tantanalarida qatnashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Rostok universiteti Shimoliy Yevropadagi boy tarixga ega eng keksa ta’lim muassasasi sanaladi. Ta’lim dargohida keyinchalik yirik davlat va jamoatchilik arboblari, taniqli olimlar bo‘lib yetishgan shaxslar tahsil olgan. Daniya shahzodasi Ulrix, Meklenburg sobiq bosh vaziri X.Ringshtorf, Germaniya sobiq prezidenti Y.Gauk, Nobel mukofoti laureatlari O.Shtern (fizika), K.fon Frish (tibbiyot), X.Shpeman (tibbiyot) shular jumlasidandir.

Bugun universitetda 14 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Andijon davlat tibbiyot instituti Rostok universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatganiga hali bir yil to‘lmagan bo‘lsada, o‘zaro aloqalarda sezilarli qadamlar qo‘yildi. Jumladan, shu yil may oyida Rostok universiteti tibbiyot fakulteti dekani o‘rinbosari, yadro meditsinasi klinikasi direktori, professor N.Krauze va jarrohlik klinikasi bo‘lim rahbari, professor R.Orter Andijonda bo‘lib, hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga oid kelishuvlarga erishildi. Germaniya vakillari ADTI o‘qituvchi va talabalariga leksiyalar o‘qidi, 120 dan ortiq vrach-mutaxassis ishtirokida seminar-mashg‘ulotlar va mahorat-darslari tashkil etildi.

Rostokda bo‘lib o‘tgan tantanalar doirasida universitet rektori, professor V.Sharek ADTI bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

Universitetimizning 600 yillik yubileyida Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasining ishtirok etgani bizni behad quvontirdi, - dedi u. - Biz o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan aloqalarni yanada rivojlantirib, universitetimizda tibbiyotdan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham O‘zbekistondan 50 nafar talabani qabul qilishni rejalashtirganmiz.

ADTI delegatsiyasi tashrif doirasida universitetning ko‘p tarmoqli klinikasida endoxirurgiya, qon tomir xirurgiyasi, jigar xirurgiyasi hamda transplantologiya bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangi davolash texnologiyalari bilan tanishdi. Muzokaralarda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘quv-uslubiy, ilmiy, davolash ishlari, akademik va talabalar mobilligi kabi masalalar muhokama etilib, hamkorlikda onkologiya va urologiya yo‘nalishlarida loyihalar tayyorlashga kelishib olindi. «Tibbiyot biotexnologiyasi» ixtisosligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etish borasidagi shartnoma imzolandi.

“Dunyo” AA