ANDIJONDA SAYLOVDA BIRINCHI MARTA OVOZ BERADIGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 2-Andijon saylov okrugida “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamkorligida “Saylov va yoshlar” mavzuida uchrashuv o‘tkazildi.
Saylovda birinchi marta ovoz beradigan yoshlar ishtirokidagi mazkur tadbirda joriy yilning 4-dekabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, saylovning huquqiy asoslari, fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari, muhim siyosiy jarayonning yoshlar hayoti va mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati xususida so‘z yuritildi.
O’zA