Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Aniq, samarali va istiqbolli kelishuvlarga erishildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Aniq, samarali va istiqbolli kelishuvlarga erishildi

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Belarus Prezidentlarining keng doiradagi muzokaralari boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenkoning avvalgi muloqotlari, samarali hamkorlik borasidagi qat’iy intilishi natijasida O‘zbekiston bilan Belarus o‘rtasidagi aloqalar barcha sohalarda faol tus oldi.

Parlamentlararo hamkorlik mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati delegatsiyasi tashrif bilan Belarus Respublikasida bo‘ldi.

Shu yil avgust oyida Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya majlisi muvaffaqiyatli o‘tdi.

Mashinosozlik, farmatsevtika, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, turizm kabi sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Ishbilarmon doiralar va yetakchi korxonalarning biznes aloqalari mustahkamlanmoqda.

Keyingi ikki oyda mamlakatimizning barcha hududlari vakillari Belarusga tashrif buyurib, hamkasblari bilan hamkorlik o‘rnatdi.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommmunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr amashildi. Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini, buning uchun intellektual, texnologik, mehnat resurslari borligini va, eng muhimi, o‘zaro intilish yuqoriligini ta’kidladi.

Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va hududlar rahbarlari hamkorlik uchun istiqbolli loyihalarni taklif qildi.

O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaga tovar ayirboshlashning yuqori sur’atini ta’minlash, yaqin yillarda uni bir milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Hududlararo aloqalarni keng yo‘lga qo‘yish, xususan, mashinasozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, chorvachilik, meva-sabzavotni qayta ishlash, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani rivojlantirishga kelishib olindi. Qo‘shma korxonalar tashkil etib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni uchinchi davlatlarga eksport qilish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurish loyihasini amalga oshirishda hamkorlik qilish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Sog‘liqni saqlash, fan va texnologiyalar, oliy ta’lim, madaniyat sohalarida hamda fanlar akademiyalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi.

www.president.uz