AQSH DAVLAT KOTIBI YORDAMCHISI O‘RINBOSARI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha AQSh Davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblumni qabul qildi.
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holari va istiqbollari, jumladan O‘zbekiston-AQSh siyosiy maslahatlashuvlari va O‘zbekiston delegatsiyasining 2016-yil yanvar oyida Vashington shahrida o‘tkazgan muzokaralari natijalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni barqaror rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbatda AQSh Elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.