Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ASHXABODDA “RAVON”NING TAQDIMOTI BO’LIB O’TDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ASHXABODDA “RAVON”NING TAQDIMOTI BO'LIB O'TDI

Turkmaniston poytaxtida O’zbekiston avtomobil sanoatining yangi namunasi - “Ravon”ning taqdimoti o’tkazildi.

“Turkman-O’zavto” qo’shma korxonasi tomonidan O’zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Turkmaniston vazirlik va idoralari, Ashxabodda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar hamda ishbilarmon doiralar vakillari, keng jamoatchilik va OAV jurnalistlari ishtirok etdilar.

Yig’ilganlar e’tiboriga mamlakatimizda yo’lga qo’yilgan avtomobilsozlik sanoati yorqin misol bo’lgan O’zbekistonning sanoatlashgan-innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish borasida erishgan yutuqlari haqida ma’lumot berildi.

O’zbekiston bugun dunyodagi 30 ta avtomobil ishlab chiqaruvchi yirik mamlakatlar klubiga a’zo bo’lgan Markaziy Osiyodagi yagona davlat hisoblanishi alohida ta’kidlandi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar tarmoqning mamlakat aholisi farovonligini oshirishda tutgan o’rni haqida to’xtalib, ushbu soha O’zbekiston iqtisodiyotidagi yetakchi yo’nalishlardan biri sanalishi va yuz minglab fuqarolarni ish bilan ta’minlaganini qayd etdilar. Xususan, mehmonlar e’tibori O’zbekiston avtosanoat tizimida 200 dan ziyod korxona faoliyat yuritishi, ular tomonidan ishlab chiqariladigan 20 dan ortiq mahsulot turlariga dunyoning turli mamlakatlarida talab yuqori ekanligiga qaratildi.

“Jahon” AA, Ashxabod