ASHXOBODDA O‘ZBEK KINOSI KUNLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘zbek kinosi kunlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston va Turkmaniston hukumatlari o‘rtasida 2014-2016-yillarga mo‘ljallangan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik dasturiga asosan “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi hamda “Turkmanfilm” birlashmasi hamkorligida tashkil etildi.
O‘zbekiston va Turkmanistonning madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi o‘zaro hamkorligi, ikki qardosh xalqning do‘st-birodarligi, kino sohasidagi aloqalari mustahkamlanib borayotganligi ta’kidlandi. Bunda kinostudiyalarning moddiy-texnik bazasi takomillashib, kinojodkorlarni har tomonlama rag‘batlantirish, erkin va samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbek kinosi kunlari dasturi kinorejissyor Qamara Kamolovaning “Unutma meni” badiiy filmi bilan ochildi. Ushbu film davlat buyurtmasiga asosan 2012-yilda “Shod” ijodiy uyushmasida ishlab chiqarilgan bo‘lib, unda endigina dunyoni anglab kelayotgan jajji bolalarning hayoti va ichki dunyosi haqida hikoya qilinadi.
Tadbir doirasida mamlakatimiz kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan «Xazonrezgi», «Zarb», «Parizod», «Sehrli qalpoqcha», «Ota», «Hayotda...» kabi badiiy filmlar namoyish etildi. Mazkur kinokartinalarda O‘zbekiston zamonaviy kino san’atining boy an’analari, mamlakatimiz va jahon kinematografiyasining ilg‘or usullari, xalqimizga xos yuksak ma’naviyat mujassam. Ular orqali turkman kino san’ati muxlislari o‘zbek xalqining turmush tarzi, urf-odat va an’analari, mentaliteti, bugungi kunda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
O‘zbek kinosi kunlari mobaynida “Turkmanfilm” birlashmasi faoliyati bilan tanishuv, ikki mamlakat kinematografchilari ishtirokida ijodiy uchrashuv, filmlar muhokamalari kabi qator tadbirlaro‘tkazildi.
O’zA