ATLETLARIMIZ SOVRINDORLAR SAFIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Tailandda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilayotgan mamlakat ochiq chempionati bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, mazkur chempionatda 2016-yili Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari ham o‘ynalmoqda.
Musobaqaning balandlikka sakrash bahslarida qatnashgan Aleksandra Yurkevskaya 1,75 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yana bir hamyurtimiz Safina Sa’dullaeva esa 1,65 metr natija qayd etib, kumush medal bilan taqdirlandi.
Yadro uloqtirish bahslarida qatnashgan atletimiz Sergey Dementev 18,63 metr natija ko‘rsatib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. 200 metrga yugurish musobaqasida ishtirok etgan Diana Agliulina 24,29 soniya natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
O‘zА