Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ATROF-MUHIT MUHOFAZASI VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ATROF-MUHIT MUHOFAZASI VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi roli hamda ahamiyatiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Parlament quyi palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo’mitalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda deputatlar, tegishli vazirlik, idora, tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ul xodimlari, soha olimlari va ekspertlar, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Davra suhbatida atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi dolzarb vazifalarni hal etishda ilg’or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari roli, ahamiyati va istiqbollarini baholash, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va geoaxborot tizimlaridan foydalangan holda, atrof-muhit holatining davlat monitoringi axborot bazasini shakllantirish hamda yagona davlat kadastrini amalga oshirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hayotimizning turli jabhalariga tatbiq etishning qonunchilik bazasini takomillashtirish hamda taraqqiy ettirish uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan bo’lib, tizimli ishlar olib borilmoqda.

Chunonchi, atrof-muhitni muhofaza qilish jarayonida AKTni rivojlantirishni jadallashtirishga, shuningdek, ulardan samarali hamda keng foydalanishga doir qator qonunlar va huquqiy hujjatlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi, “Elektron hukumat to’g’risida”gi, “Radiochastota -spektri to’g’risida”gi hamda boshqa qonunlardan keng foydalanilayotgani buning amaliy ifodasidir.

Tadbir ishtirokchilari hozirgi sharoitda atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha muhim davlat dasturlarini bajarish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, biologik xilma-xillikni saqlash, ekotizimlarning barqarorligini kafolatlash hamda qulay yashash muhitini shakllantirish uchun zamonaviy texnik vositalardan keng foydalanilayotganini e’tirof etishdi.

Qayd qilinganidek, geoaxborot tizimlaridan foydalangan holda hududni turli zonalarga ajratish, tuproq, iqlim, biologik xilma-xillik, demografik holat va shu kabi boshqa ma’lumotlarni yig’ish hamda elektron shaklga o’girish tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining samaradorligini oshiradi. geoaxborot tizimlarini qo’llashning yana bir keng tarqalgan sohasi bu — atrof-muhitning holatiga tegishli asosiy ko’rsatkichlarni o’zida aks ettiruvchi xaritalarni yaratishdan iborat bo’lib, bunday xaritalardan flora hamda fauna elementlari degradatsiyasining ko’lami va -tezligini aniqlash uchun foydalanish mumkinligi ishtirokchilar diqqat-markazida bo’ldi.

Tabiatni muhofaza qilish sohasini yuqori malakali xodimlar hamda ilg’or texnologik uskunalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligiga ham urg’u berildi. Ayni chog’da atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitga bo’ladigan salbiy ta’sirlarning oldini olish uchun tabiatni muhofaza qilish faoliyatini boshqarish, qolaversa, tabiatdan foydalanishni tartibga solishda zamonaviy AKTni keng joriy etish hamda rivojlantirish zarurligi aytib o’tildi.

Davra suhbati yakunida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida zamonaviy AKTdan foydalanish jarayonini jadallashtirishning istiqboldagi yo’nalishlari ko’rib chiqilib, huquqiy bazani takomillashtirish va mazkur tizimda huquqni qo’llashni tartibga solishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.

www.xs.uz