Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ATROF-MUHIT MUHOFAZASI VA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASH MASALALARI DEPUTATLAR MUHOKAMASIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ATROF-MUHIT MUHOFAZASI VA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA'MINLASH MASALALARI DEPUTATLAR MUHOKAMASIDA

Mustaqillik yillarida ekologik muammolarni bartaraf etish va ularning salbiy oqibatlarini oldini olish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizning barqaror rivojlanishi, aholi farovonligi hamda salomatligi, shuningdek, ekotizimlar va atrof-muhitning tabiiy holatini saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va uni qayta tiklash ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Bularning barchasi, albatta, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, jumladan, ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi salomatligini mustahkamlash, zamonaviy hamda toza texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning bugungi kundagi dolzarb masalalarini hal etish jarayonlarida nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari huquq va vakolatlarining kengaytirilishi amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligini ta’minlashda yanada kengroq imkoniyatlar yaratmoqda. Ayniqsa, bu borada O’zbekiston ekologik harakati tashkil etilgani muhim ahamiyat kasb etdi.

Bugungi kunda mazkur sohadagi munosabatlarning huquqiy asoslari yaratilgan bo’lib, ular “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi, “O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi, “Chiqindilar to’g’risida”gi, “Ekologik ekspertiza to’g’risida”gi, “Ekologik nazorat to’g’risida”gi kabi 30 dan ziyod qonunlar bilan tartibga solib kelinmoqda. Ushbu huquqiy hujjatlar yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ekologik muvozanatni ta’minlashdek muhim ijtimoiy masalalar ro’yobida salmoqli o’rin tutmoqda.

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga parlament tomonidan ham muhim masala sifatida qarab kelinmoqda. Bu borada sohaga oid qonunlarning joylardagi ijrosi quyi palata deputatlari faoliyatida nazorat-tahlil tartibida doimiy tarzda o’rganib borilmoqda.

Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O’zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisining “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish, ekologik ta’lim sohasidagi qonunchilik va me’yoriy-uslubiy bazani rivojlantirish borasidagi tadbirlarning bajarilishi to’g’risida”gi axboroti eshitildi.

Ta’kidlandiki, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan mazkur sohadagi qonunlarning talablari, shuningdek, hukumatimizning 2013-yil 27-mayda tasdiqlangan 2013 – 2017-yillarda O’zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo’yicha harakatlar dasturi asosida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, “Ekologik nazorat to’g’risida”gi Qonunning ijrosini samarali amalga oshirish maqsadida bir qator qonunosti hujjatlari, jumladan, “Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi haqidagi nizom”, “Ekologik xizmat to’g’risidagi namunaviy nizom”, “Ekologik nazoratning jamoatchi inspektori to’g’risidagi nizom”, “Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to’g’risidagi Namunaviy nizom”lari ishlab chiqildi va tegishli tartibda tasdiqlandi. Bu esa mazkur sohada huquqni qo’llash amaliyoti samaradorligi va natijadorligini oshirish, dasturda ko’zda tutilgan chora-tadbirlarning o’z vaqtida va to’liq bajarilishini ta’minlashga zamin yaratdi.

Majlis davomida deputatlar O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisining e’tiborini tizim xodimlarining hamda me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiquvchi tashkilotlarning ekologik xizmatlari xodimlarining kasbiy malakalarini oshirish, ekologik tarbiya, ta’lim tizimini rivojlantirish, ekologik bilimlarni targ’ib qilish va aholi xabardorligini oshirish hamda jamoatchilikning ekologik bilimlarini yuksaltirish va uni atrof-muhit muhofazasi jarayoniga jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlarni yanada jonlantirish zarurligiga qaratdilar.

Shu bilan birga, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, qo’mitalarning nazorat-tahlil sohasidagi faoliyatida atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi, bu sohadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va ularni qo’llash amaliyotini yaxshilash borasida qo’shimcha chora-tadbirlar belgilashlari ham alohida ta’kidlandi.

Qonunchilik palatasi yuqoridagi masala bo’yicha tegishli tavsiyalarni o’z ichiga olgan qaror qabul qildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi Axborot xizmati