ATROF MUHIT VA SUV RESURSLARI BO‘YICHA YUQORI DARAJADAGI “YI – MARKAZIY OSIYO” KONFERENSIYASIDA O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASINING ISHTIROKIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2015-yilning 12-13-oktabr kunlari Milan shahrida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan Atrof muhit va suv resurslari bo‘yicha yuqori darajadagi “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” beshinchi konferensiyasida ishtirok etadi.
Konferensiyada atrof muhitni himoya qilish va suv resurslarini boshqarish sohasida Yevroittifoqning loyihalarini Markaziy Osiyo mamlakatlarida amalga oshirish natijalarini muhokama qilish hamda ushbu sohalarda istiqboldagi umumiy sa’y-harakatlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish kutilmoqda.