AVLODLAR AJDODLAR HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida Bobur tavalludining 533 yilligiga bag’ishlab “Buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo’laylik” mavzuida ilmiy-adabiy videokonferensiya o’tkazildi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari yosh avlod tafakkuri va ma’naviyatini, badiiy-estetik madaniyatini yuksaltirishda g’oyat ahamiyatli ekani qayd etildi.
Shoir “Boburnoma”da o’zi ko’rgan, eshitgan voqyealar haqida sodda va ravon tarzda hikoya qilgan, o’rni kelganda o’z xato va kamchiliklarini ham ro’y-rost yozgan. Bobokalonimizning g’azal va ruboiylari milliy adabiyotimizning mumtoz durdonalari qatoridan joy olgan.
— Tadbirda buyuk bobomiz hayoti va ijodi haqida yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’ldim, - deydi talaba Nafisa Sulaymonova. - Boburning yurt sog’inchi haqidagi misralari har birimizni Vatanni ko’z qorachig’idek asrashga, astoydil sevishga da’vat etadi.
Mamlakatimizning ko’plab oliy ta’lim muassasalari ishtirok etgan videokonferensiyada yoshlar Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari va hayot yo’li haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirdi. Buyuk shoir ijodidan namunalar o’qildi.
Jahon AA