Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Axborot xizmatlari: dolzarb vazifalar

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Axborot xizmatlari: dolzarb vazifalar

Poytaxtimizda O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan «Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning ochiq-oshkoraligini ta’minlash: davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda jamoat tashkilotlari axborot xizmatlarining salohiyatini takomillashtirishning ustuvor masalalari» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining axborot xizmatlari salohiyatini takomillashtirish, ish faoliyatining samarali usullarini o‘rganish orqali ularni yuksak professional darajaga chiqarish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan anjumanda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat hokimliklari axborot xizmati rahbarlari, bosma va elektron OAV vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasidagi izchil ishlar natijasida xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi 2014-yil boshiga nisbatan 62 foiz o‘sdi. Bu yurtimizning barcha hududlarida yuqori tezlikda ma’lumotlarni uzatishning eng zamonaviy texnologiyalarini joriy etish imkonini bermoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 350 internet OAV faoliyat ko‘rsatmoqda. Davlat organlarining veb-saytlari ularning asosiy axborot manbaiga aylangan.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, keng jamoatchilikni yurtimizda amalga oshirilayotgan siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar to‘g‘risida tezkor xabardor qilib borish axborot xizmatlarining professional salohiyatiga bog‘liq. Seminar davomida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, «Elektron hukumat»ni shakllantirish, interfaol davlat xizmatlari yagona portalini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari va ekspertlar axborot xizmatlari faoliyatidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.

www.uza.uz