AYOLLAR BOKSI: OSIYO CHEMPIONATIDA IKKI NAFAR YURTDOSHIMIZ FINALGA CHIQDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xitoyning Ulanchab shahrida boks bo’yicha xotin-qizlar o’rtasida o’tkazilayotgan Osiyo chempionatida bugun barcha vazn toifalarida yarim final janglari o’tkazilib, oltin medallar uchun kurashni davom ettiradigan charm qo’lqop ustalari nomi ma’lum bo’ldi, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi.
13 avgust kuni 10 vazn toifasida bo’lib o’tadigan final bahslarida ikki nafar sportchimiz ham ringga ko’tariladi.
Jumladan, vazni 69 kg.gacha bo’lgan sportchilar musobaqasida Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan Shahnoza Nizomova final bahsida xitoylik Gu Xong bilan kuch sinashsa, eng og’ir (Q81 kg) vazn toifasida bahslarga kirishgan Go’zal Ismatova ham Xitoy vakili Vang Shijin bilan Osiyo chempionatining oltin medallari uchun bahs yuritadi.
Shahnoza Nizomova yarim finalda Vu Pey-I (X.Taypeyi) ustidan zafar quchgan bo’lsa, Go’zal Ismatova qozog’istonlik Lazzat Kungeybayevani to’liq ustunlik bilan yengdi.
Yarim finalga qadar zafarli odimlagan terma jamoamizning yana ikki nafar a’zolari Yodgoroy Mirzayeva (-57 kg) va Dilnavoz Norxo’jayeva (-81 kg) qit’a chempionatining bronza medaliga sazovor bo’ldilar.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston ayollar boksi tarixida shu kunga qadar hyech bir sportchimiz Osiyo chempionatida sovrinli o’rinni qo’lga kiritmagan. Demak, chin mamlakatida o’tayotgan navbatdagi Osiyo chempionati O’zbekiston tarixi sahifalariga zarhal xarflar bilan bitiladi.
Umid qilamizki, final bahsida ringga ko’tariladigan sportchilarimiz ushbu natijalar bilan cheklanib qolmaydilar va oltin medal uchun kechadigan jangda ham zafarli odimlashda davom etadilar. Bu yo’lda hamyurtlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.
“Jahon” AA