Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Azaliy qadriyatlarimiz gultoji

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Azaliy qadriyatlarimiz gultoji

Bugun ona diyorimiz yam-yashil libosga burkangan. Qalblarimizga bahoriy yangilanish va yasharish kayfiyatini olib keluvchi ko’klamning mana shunday huzurbaxsh kunlarida dilga yaqin bayramimiz - Navro’zi olamni ajib bir ko’tarinkilik bilan shodiyona qilamiz. Zukko xalqimizning teran ijodiy salohiyati mahsuli bo’lgan Navro’z asrlar davomida sayqallanib, bugun ham o’lkamizga bahor tarovatini baxsh etish bilan birga, hayotsevarlik, saxovatpeshalik, el-yurt birligi, ahillik, mo’l hosil va qut-baraka nishonasi sifatida tarannum etib kelinmoqda.

Chinakam ezgulik tantanasi hisoblangan Navro’z ajdodlarimizning dehqonchilik madaniyati an’analari, osmon jismlari bilan bog’liq astronomik bilimlari, mifologik tasavvurlari hamda serhosillik, qut-baraka, yaratuvchilik g’oyasini o’zida mujassamlashtirgan qadimiy bayramdir.

Asrlar mobaynida rivojlanib, boyib kelgan bu bayram o’z tarixiy yo’li davomida turli tazyiqlarni ham boshidan kechirgan, albatta. Eng salbiy munosabat, ayniqsa, sobiq sho’rolar davrida sodir bo’ldi: ko’pgina milliy udum va marosimlarimiz, bayramlarimiz qatori Navro’z ham qatag’onga uchradi. Ammo tabiatan o’z ko’ngliga yaqin, yuragidagi hayotiy quvvat kabi e’zozli qadriyatlarini ko’z qorachig’iday asragan xalqimiz, oila davrasida bo’lsa-da, yilboshini nishonlashdan to’xtamadi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach asriy qadriyatlarimizni tiklash borasida olamshumul ishlar amalga oshirildi. Xalqimizning qadimiy an’analarga bo’lgan mehr-muhabbati tufayli asrlar mobaynida dillarga ezgulik nurini baxshida etgan Navro’z qayta tiklandi. Bugungi kunda chinakam xalqona bayram sifatida keng ko’lamda tantana qilinayotgan Navro’z ajdodlarimiz asotirlaridan tortib, istiqlol sharofati tufayli o’zining ijodiy salohiyatini to’la namoyon etayotgan bugungi zamondoshlarimizning badiiy-estetik an’analarigacha bo’lgan butun bir qadriyatlar silsilasini o’zida jamlagan eng go’zal milliy bayramga aylandi.

Sirtdan qaraganda bu ayyom ko’klamni qarshilash, dehqon va chorvadorlar, bog’bonu mirishkorlar uchun yangi mehnat mavsumining boshlanishi, tabiatda ham, inson ko’nglida ham yasharish, yangilanishni boshlab beradigan shodiyonaday tuyuladi. Aslida esa u o’z betakror zakovati bilan dunyo tamadduniga ulkan hissa qo’shib kelayotgan xalqimizning yillar davomida shakllangan ko’plab ezgu an’analarini o’zida ajoyib bir tarzda uyg’unlashtirgan milliy qadriyatlar jamlanmasi hisoblanadi. Masalan, mahalla-ko’y, ko’chalar, sayilgohu xiyobonlar obod qilinadigan, ariq-zovurlar tozalanib, yangi bog’lar barpo etiladigan “hashar”, o’zaro mehr-oqibatlilik, keksalarni e’zozlash va yosh avlodga mehr ko’rsatish, o’tganlar xotirasini yodga olish, qo’ni-qo’shni, mahalladosh va hamqishloqlarga mehr-oqibatli bo’lish, el-yurtni birdamlikka chorlash g’oyasini o’zida aks ettirgan bahoriy udumlar, mirishkor dehqonlarimizning qut-baraka va serhosillik timsoliga aylangan ko’klamgi marosimlari, qishda ramziy ma’noda “uyquga ketgan” nabotot olamining uyg’onishi, ya’ni tabiatning barhayotligini tarannum etuvchi halinchak uchish, sumalak pishirish, halim tayyorlash kabi udumlarimiz, shuningdek, varrak uchirish, qo’chqor, xo’roz urishtirish, ko’pkari, uloq, kurash kabi milliy sport o’yinlari, folklor ijrochiligi, milliy hunarmandchilik, xalq musiqasi va tomosha san’ati singari ko’plab boqiy qadriyatlar mavjud.

Bu bayram mohiyatini tabiat bilan inson yaxlitligini chuqur anglash, ya’ni ularning kechmishi, buguniyu kelajagi biri-biriga chambarchas bog’liqligi g’oyasi tashkil etadi. -Navro’zning umrboqiyligi va har bir avlod ijodiy salohiyati natijasida sayqallanib kelishining asosiy sabablaridan biri ham ana shu aslida. Shuning uchun ham yilboshi sayillarining har bir udumi, milliy o’yinlar, yangraydigan kuy-qo’shiqlar zamirida bepoyon bug’doyzorlarida bo’liq boshoqlar bamisoli dengiz to’lqiniday shovullagan obod diyor, musaffo osmonida qaldirg’ochlar charx urgan osuda Vatan, bog’-rog’larga burkangan zamonaviy qishloq guzarlarida bolalarning shodon kulgisi yangrayotgan jannatmonand go’shaning oydin istiqboli tarannum etiladi. Qadimiy udum va rasm-rusumlar, o’yin va qo’shiqlar har bir kishini ona-tabiatning go’zal tarovatini asrab-avaylash, har bir giyoh, har bir nihol, har bir jonzotning inson bilan taqdirdoshligini his etib yashash, pirovardida, kelgusi avlodlarimizga gullab-yashnagan ona zaminni meros qilib qoldirishga undayveradi. Zero, abadiy an’analarning betakror namunasi hisoblangan Navro’z insoniyat taraqqiyotini ta’minlagan eng muhim ijtimoiy-madaniy qadriyatlardan biri sifatida nafaqat Sharq, balki butun jahon tamaddunida munosib o’rin egallashining boisi ham ana shunda.

www.xs.uz