BAA ELCHISI BILAN UCHRASHUV
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2016-yil 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Birlashgan Arab Amirliklarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Mohammed Hareb Almehairbi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida davlatlararo shartnomalar ratifikatsiya yorliqlari bilan almashinish to‘g‘risida Bayonnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bayonnoma jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risida Shartnomani, ushlab berish to‘g‘risidagi Shartnomani, mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Sharnomani o‘z ichiga oladi.
Mazkur shartnomalar ratifikatsiya yorliqlari bilan almashilgan sanadan 30 kun o‘tib, 2016-yil 21-dekabrda kuchga kiradi.
Qayd etib o‘tilgan shartnomalarning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.