Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BAHODIRLAR KUCH SINASHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BAHODIRLAR KUCH SINASHDI

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘yicha jahon kubogining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqalar O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasi hamda qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etildi. Unda o‘ndan ziyod davlat polvonlari o‘zaro bahslashdi.

Bahodirlar o‘yinlarida polvonlar o‘z vaznidan bir necha barobar og‘ir buyumlarni ko‘tarish, o‘rnidan siljitish, belgilangan masofagacha ko‘tarib borish kabi jismoniy kuch va iroda talab qiladigan mashqlarni bajaradi.

Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘yicha jahon kubogining 2-bosqichida ishtirokchilar turli shartlar bo‘yicha bellashib, odamning jismoniy imkoniyati nimalarga qodirligini namoyon etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, polshalik Mateush Kiyelishkovski birinchi, hamyurtimiz Sergey Trubitsin ikkinchi, AQSh vakili Dimitar Savatinov uchinchi o‘rinni egalladi.

– Yurtingizda o‘tkazilgan nufuzli musobaqada g‘olib bo‘lganimdan xursandman, – deydi M.Kiyelishkovski. – Ta’kidlash joizki, musobaqa yuqori saviyada tashkil etilgani, bugun o‘zbekistonlik bahodirlar xalqaro maydonlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotgani yurtingizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibordan dalolatdir.

"Jahon" AA