"BALCOM BMW CUP": O’ZBEKISTON YOSHLAR TERMA JAMOASI YAPONIYALIK TENGDOSHLARINI MAG’LUB ETDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Yaponiyadagi "Balcom BMW" xalqaro turniridagi ikkinchi o’yinda Yaponiya yoshlar terma jamoasini 1:0 hisobida mag’lub etdi, deb xabar beradi O’zbekiston Futbol federatsiyasi.
Yaponiyaning Xirosima shahrida davom etayotgan "Balcom BMW Cup" xalqaro turniridagi ikkinchi uchrashuvda Jasur Abduraimov boshchiligidagi terma jamoa Yaponiya yoshlariga qarshi maydonga tushdi. O’yinning ikkinchi bo’limi 48-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev tomonidan kiritilgan yagona gol O’zbekiston yoshlariga g’alaba keltirdi.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqaning ilk turida Polsha yoshlar terma jamoasini penaltilar seriyasiga ko’ra mag’lub etishgan edi. Yaponiya yoshlari esa, Xirosimani 2:0 hisobida mag’lub etgandi.
Ikkinchi tur bahslaridan so’ng O’zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi o’z ochkolarini 5taga yetkazib oldi va peshqadamga aylandi. Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi terma jamoa musobaqaning so’nggi turida 13 avgust kuni Xirosima shahri yoshlar terma jamoasiga qarshi o’ynaydi.
“Jahon” AA