Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Baliqchilik serdaromad tarmoqqa aylanmoqda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Baliqchilik serdaromad tarmoqqa aylanmoqda

Surxondaryoda viloyatidagi tabiiy va sunʼiy koʻllardan joriy yilda 5 ming 100 tonna baliq ovlanib, isteʼmolchilarga yetkazib beriladi.

Mamlakatimizda baliq yetishtirishni rivojlantirish, intensiv zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va baliqchilik xoʻjaliklarini har taraflama qoʻllab-quvvatlashga qaratilayotgan eʼtibor aholining ana shu turdagi mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojini qondirishda muhim omil boʻlmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 6 noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori sohaga innovatsion gʻoyalarni tatbiq etish, moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlash, baliqchilik xoʻjaliklariga imtiyozlar berish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

– Qarorda belgilab berilgan imtiyozlar bizni yanada koʻproq izlanib, faoliyatimizni kengaytirishga undadi, – deydi Termiz tumanidagi “Surxon fish agro prom CO” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Sh.Razzaqov. – Xalqimizning arzon, sifatli baliq va baliq mahsulotlariga ehtiyojini toʻlaroq qoplash maqsadida xoʻjaligimizni yanada kengaytirishni moʻljallayapmiz. Baliqchilik klasterini tashkil etamiz.

“Surxon fish agro prom CO” masʼuliyati cheklangan jamiyatining baliqchilikni yoʻlga qoʻyganiga bir yil boʻldi. Dastlab Orol mahallasi hududidagi 6 gektar foydalanilmay turgan maydonda intensiv usulda kichik suv havzalari barpo etishga kirishildi. 3 gektar maydonda suv havzalarini qurish uchun tijorat bankining kredit mablagʻidan foydalanildi. Xorijning yopiq suv aylanma tizimi moslamalari oʻrnatilib, afrika laqqa baligʻi chavoqlarini parvarishlash yoʻlga qoʻyildi. Erta bahorda 500 mingta chavoq tashlandi. Ayni paytda ikkita hovuz va ikkita intensiv koʻlda afrika laqqasi, oq doʻng peshona, karp va oq amur baliqlari parvarishlanmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, Surxondaryo viloyatida yoz mavsumining boshqa hududlarga nisbatan uzoqroq choʻzilishi baliq chavoqlarini bir mavsumda yetiltirib, tovar holatiga keltiradi. Buning uchun baliqni faqat belgilangan ratsion asosida oziqlantirib, parvarish qilish kerak. Mazkur xoʻjalikda aynan ana shunday usul qoʻllanilgani yutuqlar omili boʻldi. Dastlabki yilda vohadagi baliqchilik xoʻjaliklariga 35 million soʻmlik baliq chavogʻi, isteʼmolchilarga 75 million soʻmlikdan ortiq sifatli baliq mahsuloti yetkazib berildi.

Xoʻjalikda olti kishi mehnat qiladi. Ularning samarali ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

– Oʻrta-maxsus maʼlumotli tibbiyot xodimiman, – deydi baliqchi R.Berdiyev. – Lekin bolalikdan baliq parvarishiga qiziqaman. Ularning ohista suzishini kuzatib, rohatlanaman. Shuning uchun ham kasbimni oʻzgartirib, bu yerga ishga keldim. Keng maydon. Mehnat qilish uchun barcha qulaylik bor. Mehnatga yarasha daromad ham qilayapmiz. Eng muhimi odamlarni arzon, sifatli mahsulotimizdan bahramand etayapmiz. Suv havzalarimizda 10 tonnaga yaqin baliq bor. Sohaga qaratilayotgan eʼtibor esa bizni koʻproq izlanib, yangilik yaratishga daʼvat etayotir.

Xoʻjalik mutasaddilarining taʼkidlashicha, bu yerda baliqchilik klasteri tashkil etiladi, tayyor mahsulot saqlanadigan muzlatkich barpo etiladi. Ozuqa ishlab chiqaradigan uskunalar oʻrnatilib, inkubatsiya sexi, qayta ishlash korxonasi quriladi. Oshxona, savdo doʻkoni aholi xizmatida boʻladi. Baliq ovlab, xordiq chiqaradigan, sayr qiladigan xushmanzara joy bunyod etilib, ekoturizm yoʻlga qoʻyiladi. Buning uchun tijorat bankidan 6 milliard soʻm imtiyozli kredit mablagʻi olinishi rejalashtirilgan.

– Baliqchilik klasterlarining uch yil davomida barcha soliqlardan ozod etilayotgani bizga manzur boʻldi, – deydi Shuhrat Razzaqov. – Bu imtiyoz qaddimizni toʻliq tiklab olishga koʻmaklashadi. Tejalgan mablagʻ evaziga xoʻjaligimizni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari barpo etish imkoniyati kengayadi. “Surxondaryobaliqsanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan olingan maʼlumotga koʻra, vohada 320 ga yaqin baliqchilik xoʻjaligi bu yil 5 ming 100 tonna baliq yetishtirmoqda. Hozirgacha isteʼmolchilarga 4 ming tonnaga yaqin parhezbop baliq yetkazib berildi.

Viloyatda yangi loyihalarni ishga tushirib, ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar baliqchilikni yanada yuksaltirib, aholini arzon, sifatli baliq mahsulotlari bilan taʼminlashga xizmat qiladi.

www.mfa.uz