“BALTIC NEWS SERVICE” O’ZBEKISTON VA XMT O’RTASIDAGI SAMARALI HAMKORLIK HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Baltic News Service” (BNS) nashri veb-saytida “Bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo’l qo’ymaslik borasida O’zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” nomli maqola chop etildi.
Materialda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab O’zbekiston inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash oily maqsad qilib belgilab olingan huquqiy demokratik davlat qurish yo’lini tanlaganligi ta’kidlanadi. Xalqaro mehnat tashkiloti(XMT)ning to’liq a’zosi hisoblangan O’zbekiston tashkilotning 13 ta konvensiyasi, shuningdek, majburiy mehnat haqida hamda bolalar mehnati og’ir turlarini keskin bartaraf etish haqidagi konvensiyalarni ratifikatsiya qildi.
“O’zbekiston qonunchiligi bo’yicha majburiy mehnat va odam savdosiga qarshi jinoiy javobgarlik mavjud bo’lib, unga ko’ra, 18 yoshga to’lmagan fuqarolarga ishlab chiqarishning 34 sohasida ishlash, shuningdek 1673 ta aniq kasblarda faoliyati yuritish ta’qiqlanadi. Shu bilan birga, respublikada 12 yillik ta’lim tizimi joriy qilingan bo’lib, har bir yetishib chiqayotgan yosh kadr 2-3 ta talab qilinadigan kasbga ega bo’lmoqda”, - deya xabar beriladi maqolada.
Shuningdek, mazkur sohada jahon hamjamiyati bilan amaliy hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish bo’yicha O’zbekiston nuqtayi nazarini tasdiqlovchi hujjat sifatida respublikamiz tomonidan 2014-yil aprel oyida imzolangan “O’zbekistonda adolatli mehnatni yo’lga qo’yish bo’yicha 2014-2016-yillarga mo’ljallangan XMTning mamlakatlar bo’yicha dasturi” keltirib o’tilgan.
“XMT bilan so’nggi 2 yilda yo’lga qo’yilgan keng hamkorlik O’zbekiston tomonidan mehnat muhofazasi sohasida xalqaro talablar bajarilishining yorqin dalili hisoblanadi. 2013-yildan buyon XMT bilan 20 ta qo’shma tadbirlar o’tkazildi. Shu davr ichida XMT vakillari O’zbekistonga 9 marotaba tashrif buyurishdi”.
2013-yil 11-sentabrdan 31-oktabrga qadar XMT tomonidan bolalar mehnatiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha montoring o’tkazilganligi ta’kidlab o’tiladi.
Mazkur monitoring natijalariga ko’ra, O’zbekistonda majburiy bolalar mehnati tizimli ravishda mavjud emasligi aniqlangan.
2014-yilda XMT bilan hamkorlik sohasida yuksak natijalarga erishildi. Xususan, 2014-yili XMTning 103-sessiyasida O’zbekiston XMT Konvensiyani bajarishda kamchilik va muammolarga ega bo’lgan davlatlar ro’yxatidan joy olmadi”, - deya e’tirof etiladi maqolada.
“Jahon” AA, Riga