Bangladesh bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni tongda Dushanbe shahridagi o‘ziga ajratilgan qarorgohda Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamidni qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Savdo, investitsiyalar, qishloq xo‘jaligi, turizm va gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Hukumatlararo va idoralararo darajadagi aloqalarni faollashtirish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Bangladesh Prezidenti Abdul Hamid Dushanbedagi OHIChK sammitidan so‘ng O‘zbekiston madaniy-tarixiy markazlari bilan tanishish uchun mamlakatimizga tashrif tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.