Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Bangladesh Prezidenti Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘ldi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Bangladesh Prezidenti Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘ldi

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Muhammad Abdul Hamid Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘lib, Sohibqiron va uning avlodlari haqida hikoya qiluvchi rang-barang eksponatlar bilan tanishdi.

Bugungi kunda muzeyda Amir Temur va temuriylar davriga oid qo‘lyozma asarlar, turli davlatlar hukmdorlari bilan olib borilgan yozishmalar, qadimiy tangalar, sopol va mis, etnografik buyumlar, nodir kitoblar, san’at asarlari kabi 5 mingdan ziyod eksponat saqlanadi.

Muzey faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanib kelinmoqda. Tashrif buyuruvchilar muzey bo‘ylab virtual sayohat qilishi, eksponatlarning 3D shaklidagi nusxalari bilan yaqindan tanishishi mumkin.

Oliy martabali mehmonga Sohibqiron Amir Temur va temuriylar sulolasi, uning milliy va dunyo davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni, ilm-fan, san’at va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida so‘zlab berildi.

O‘zbekiston betakror diyor. Shonli o‘tmish, boy madaniy tarixga ega diyorda bugun turizm jadal rivojlanayotgani bejiz emas. Bunga ushbu muzey misolida yana bir bor amin bo‘ldim. Amir Temur shaxsiyati va u asos solgan buyuk davlatchilik tarixiga dunyoda katta hurmat va qiziqish bilan qarashadi. Bangladesh xalqi ham insoniyat rivojiga munosib asriy yutuq bo‘lib qo‘shilgan, xalqingiz zakosi sifatida bunyod etilgan asriy osori-atiqalarni ko‘rish istagida yurtingizga sayohat qiladi. Ikki tomonlama munosabatlarda ham ayni shu yo‘nalish istiqbolli soha sifatida rivojlanib borayotganiga guvohmiz.

www.uza.uz