BANK QONUNCHILIGI TAKOMILLASHTIRILMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Jahon banki tomonidan e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o‘nta davlat qatoridan joy olgan. Bugun mamlakatimiz tijorat banklari aholiga milliy hamda chet el valyutasida 250 dan ortiq omonat turlarini taklif etmoqda. Depozitga qo‘yilayotgan mablag‘larning miqdori oxirgi besh yilda 3,5 marotabaga, 2016-yilda 25,2 foizga oshdi.
Toshkent davlat yuridik universitetida “O‘zbekiston Respublikasida bank qonunchiligini takomillashtirish” mavzuida o‘tkazilgan davra suhbatida ana shular xususida so‘z bordi.
Universitet prorektori Z.Esonova, "Kapitalbank" aksiyadorlik-tijorat banki kengashi raisi F.Otaxonov va boshqalar mamlakatimizda bank tizimini isloh qilish, moliyaviy barqarorligini va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsion loyihalar hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratishni yanada kengaytirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
2016-yilda tijorat banklari aholi omonatlarini jalb qilish yo‘nalishidagi faoliyatini jadallashtirgani, bank xizmatlari to‘g‘risida aholining xabardorlik darajasi oshgani hamda ko‘plab yangi omonat turlari joriy etilgani kuzatildi.
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida bank sohasini yanada rivojlantirish, tijorat banklari faoliyatini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi, – deydi Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Hamid Bоtirov. – Bank qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan universitetimizda soha mutaxassislari bilan uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Bugungi tadbirda ham tijorat banklari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, bank operatsiyalarini tartibga solishda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq qonunchilikni qo‘llash masalalariga e’tibor qaratildi.
Banklar faoliyatini yanada rivojlantirish, bank qonunchiligini takomillashtirish, yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kredit olish tizimini soddalashtirish, istiqbolli investitsion loyihalarni kengaytirish borasida amaliy takliflar bildirildi.
O’zA