Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BARCHASI AHOLI FAROVONLIGINI YUKSALTIRISHGA QARATILGAN

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BARCHASI AHOLI FAROVONLIGINI YUKSALTIRISHGA QARATILGAN

Bulung‘ur geografik jihatdan qulay joylashuvi, tabiati, transport kommunikatsiya tarmog‘idan foydalanish imkoniyati yuqoriligi bilan Samarqand viloyatining boshqa hududlaridan farq qiladi. Bog‘dorchilik, meva-sabzavot yetishtirish va uni qayta ishlash sohasida ham tumanda boy tajriba to‘plangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 30-mayda qabul qilingan “Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

– Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida har bir hududning imkoniyat va sharoitlaridan kelib chiqqan holda dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Bulung‘ur tumani hokimi Xayriddin Xo‘jayorov. – Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan ushbu dastur ham tumanimizni har tomonlama rivojlantirish, hududda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish hamda xalqimiz uchun munosib mehnat va turmush sharoiti yaratishga xizmat qiladi. 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturda tumanni kompleks rivojlantirishga oid besh yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Dastur asosida jami 505 loyiha hayotga tatbiq etilib, 4 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.

Birinchi yo‘nalish – oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlari, qurilish materiallari tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarini yangidan barpo etish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan tumanda qator yillardan bo‘yon ishlamasdan, bo‘sh turgan sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni qayta tiklash va yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan. Ushbu maqsad uchun umumiy qiymati 57,7 million dollarlik 69 loyiha amalga oshiriladi.

Xizmatlar sohasi va servis infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha 41,3 milliard so‘mlik 116 loyiha bajarilishi belgilangan.

Muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal joylashtirish yo‘nalishida ham keng ko‘lamli ishlar rejalashtirilgan. Jumladan, tumanning arxitektura qiyofasini o‘zgartirish bo‘yicha 2016-2018-yillarda 52,8 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajariladi. Tuman markazidagi istirohat bog‘ida zamonaviy attraksionlar o‘rnatish, sun’iy ko‘l barpo etish, 400 o‘rinli yangi bozor qurish, “Oqtepa” bozorini rekonstruksiya qilish, ko‘p qavatli 3 uy-joy qurish, ko‘p qavatli 12 uyni mukammal ta’mirlash, 24 bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, namunaviy loyihalar asosida 115 uy qurish belgilangan.

Yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish maqsadida 118,7 kilometr uzunlikdagi yo‘lda ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Tuman yo‘l qurilish bo‘limi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy transport vositalari sotib olish uchun mablag‘ ajratilgan. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida 34 “Isuzu” avtobusi xarid qilinadi, tumanning chekka hududlaridan tuman va viloyat markaziga olti yo‘nalishda qatnov yo‘lga qo‘yiladi.

Aholining elektr energiyasi, tabiiy gaz va toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida elektr tarmoqlari liniyalarida 18,4 milliard so‘mlik ta’mirlash va yangilash ishlari olib boriladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish maqsadlariga yo‘naltiriladigan 1,8 milliard so‘m mablag‘ evaziga tumanda mobil va internet aloqa tarmoqlarini yaxshilash, raqamli televideniye qamrovini 70 foizdan 100 foizga ko‘paytirish belgilangan.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirishni ta’minlash yo‘nalishida 125,1 milliard so‘mlik tadbirlar amalga oshiriladi. Bunda 58 zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi, 2 ming 42 bosh naslli qoramol, 307 ming bosh parranda, 2 ming 500 bosh quyon sotib olinib, yangi loyihalar hayotga tatbiq etiladi. 10,8 gektar maydonda baliqchilik, 520 oila asalari xo‘jaligi, 18 ming tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash imkoniyatiga ega 3 sovutkichli ombor, 2,8 gektar maydonda issiqxona tashkil etiladi.

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2016-2018-yillarda 8,9 milliard so‘mlik irrigatsiya-melioratsiya ishlari bajariladi. “Bulung‘urdavsuvmaxsuspudrat” korxonasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash uchun lizing shartlari asosida 2 ekskavator sotib olinadi va korxona negizida beton zavodi ishga tushiriladi.

Ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yo‘nalishida ijtimoiy soha obyektlarining bugungi holati inobatga olinib, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 40,1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Bu asosan ta’lim va tibbiyot muassasalarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, ularni jihozlash, sport zallari qurilishiga sarflanadi. Qirqshodi va 1-madaniyat va aholi dam olish markazlarida rekonstruksiya, jihozlash ishlari amalga oshiriladi.

– Prezidentimizning hududlarni rivojlantirishga alohida e’tibori tufayli ishlab chiqilgan ushbu dastur Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligi arafasida tumanimiz ahli uchun munosib tuhfa bo‘ldi, – deydi xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi deputati Abdualim Azimov. – Dasturda tumanimizning har bir hududi, barcha soha va tarmoqlari qamrab olingan. Belgilangan har bir vazifa va chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli bajarishga barcha darajadagi rahbarlar, butun tuman aholisi mas’ul.

Ta’kidlash lozimki, dasturda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi bilan 2019-yilga borib tuman aholisi daromadlari 2,5 barobarga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,3, xizmat ko‘rsatish sohasi 2,9, qurilish-pudrat ishlari 2,2, qishloq xo‘jaligi 2,1-martaga oshishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hajmi 42 foizga yetkazilishi kutilmoqda.

WWW.UZA.UZ