Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BARKAMOL AVLOD – KELAJAK POYDEVORI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BARKAMOL AVLOD – KELAJAK POYDEVORI

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida mamlakatimiz va xalqaro miqyosda turli sohalarda muvaffaqiyatlarga erishgan iqtidorli yoshlar faoliyatiga bag‘ishlab tashkil etilgan fotoko‘rgazma shunday nomlandi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida uyushtirilgan ko‘rgazmada fan, ta’lim, madaniyat va san’at yo‘nalishlarida yuksak natijalarga erishgan iste’dodli talabalar, san’at va madaniyat namoyandalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi I.Latipov, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi B.G‘aniyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarning zamon talablari darajasida ta’lim-tarbiya olishi, sport bilan shug‘ullanishi, salomatligini mustahkamlashi, hordiq chiqarishi, o‘z kuchi, bilim va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilgan sharoit yuksak samaralar berayotganini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yoshlarimizga zamonaviy standartlar asosida ta’lim-tarbiya berish, ularning iqtidor va iste’dodini yuzaga chiqarishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish va yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda qo‘lga kiritilgan yutuqlar, yoshlarning turli sohalar bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosda erishgan muvaffaqiyatlarini ijodiy-poligrafik innovatsiyalar, audio-vizual san’at imkoniyatlaridan samarali foydalanib, keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmadan o‘rin olgan ekspozitsiyalarda bu o‘z ifodasini topgan.

“Yoshlar va madaniyat” nomli ekspozitsiyada yurtimizda musiqa va san’at ta’limiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, o‘g‘il-qizlarning xalqaro tanlov hamda festivallardagi g‘alabalari, yutuqlari aks etgan. “O‘zbekistonga xizmat qilaman!” ekspozitsiyasida zamonaviy va professional mutaxassislar bilan ta’minlangan milliy armiyamiz, u yerda yaratilgan qulay shart-sharoit, harbiy xizmatchilarga berilayotgan keng imkoniyatlar tasvirlangan.

Fotoko‘rgazmada “Yoshlar hayoti – yoshlar nigohida” va “Yoshlar va sport” ekspozitsiyalari ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda.

– Yosh fotoijodkorlarning o‘z tengdoshlari hayoti, ijodi va yutuqlari, yoshlarga yaratilgan sharoitlar o‘z ifodasini topgan fotosuratlari menda katta taassurot uyg‘otdi, – deydi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Dilbar Xoljigitova. – Ularni diqqat bilan kuzatib, shunday aziz yurt farzandi ekanimdan yanada faxrlanib ketdim.

Ko‘rgazma doirasida “Kamolot"da mehmonda” loyihasi, “Vatanimga dil izhori” nomli aksiya, ijodkor yoshlarning tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmasi, “O‘zbekiston muzeylarining 100 ta eng sara asari”, Temuriylar tarixi davlat muzeyining 3D sayohat to‘plamlarining taqdimoti hamda O‘zbekiston Yoshlar simfonik orkestrining konsert dasturi namoyish etildi.

WWW.UZA.UZ