BARQ URIB O‘SAYOTGAN NIHOLLAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida san’atimizni yangi-yangi iste’dodlar bilan boyitish, ularning ijodini xalqimizga yaqindan tanishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
«Istiqlol» saroyida 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofotini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir va gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarni yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar sohibi etib kamolga yetkazish, estetik didi va tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirishning asosiy sharti sifatida musiqa san’atini ravnaq toptirish, uning o‘ziga xos maktab va yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani ta’kidlandi.
Bu jarayonda zamon talablariga to‘liq javob beruvchi musiqa va san’at maktablarini barpo etish, ularni zarur cholg‘ular bilan jihozlash, musiqa ta’limini sifat va mazmun jihatdan yanada takomillashtirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. San’at ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlar navqiron avlodning madaniy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, ularning qalbi va ongida ezgu g‘oyalarni qaror toptirish, yangi iste’dodlar safini kengaytirishdek ulug‘vor maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ta’sis etilgan «Nihol» mukofoti bilan estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, raqs va opera san’ati ijrochiligi sohasida yurtdoshlarimiz yuragiga yetib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan asarlar yaratishda faollik ko‘rsatayotgan 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar taqdirlanmoqda. «Nihol» mukofotiga saralash uch bosqichli tizimda o‘tkazilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad chekka hududlarda yashab, ijod qilayotgan iste’dod egalarining ijodini targ‘ib etishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun «Nihol» mukofoti tanlovini tashkillashtirish ishlarini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq mazkur mukofotga da’vogarlik qilayotgan yoshlar ishtirokidagi tanlov ikki yilda bir marta o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi. Bu iste’dodli yoshlarni saralash, ijodkorlarga qo‘yilayotgan talablarning zamon ruhi bilan hamohangligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Bu yilgi tanlov ham yuqori saviyada, bayramona ruhda tashkil etildi. Tanlovni o‘tkazish uchun taniqli rejissyor va prodyuserlar, shoir va bastakorlar, musiqashunoslar, xoreograflar, san’at ustalari keng jalb etilgani yoshlarning salohiyati va qobiliyatini to‘la o‘rganish imkonini berdi.
Tanlovning mamlakat bosqichi yurtimiz yosh iste’dodlarga nechog‘li boy ekanini namoyish etdi. Mazkur mukofot sohiblari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha oliy o‘quv yurtiga imtihon va test sinovlarisiz davlat granti asosida o‘qishga kirish imkoniyati, «Nihol»ning maxsus statuetkasi va eng kam oylik ish haqining 70 barobari miqdorida pul mukofotiga ega bo‘ladi.
...Sahnada dilrabo qo‘shiqlar, jo‘shqin raqslar ijro etilmoqda. Ularni olqishlayotgan san’at ixlosmandlari tinch-osoyishta, osmoni musaffo, hayoti baxtiyor, to‘kin, farovon, xotirjam yurtdagina san’at, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat gullab-yashnashiga, yurtimizning istiqboli bo‘lgan navqiron avlod, iste’dod sohiblari ko‘kka bo‘y cho‘zayotgan nihollar yanglig‘ barq urib o‘sishiga, kamolga yetishiga yana bir karra ishonch hosil qiladi.
«Nihol» mukofotining 2015-yilgi sovrindorlari e’lon qilinadi. Estrada san’ati yo‘nalishi bo‘yicha Shahzodbek Sobirjonov (Andijon viloyati), Shiraz Tursinboyev (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), Bekzod Bahromov (Namangan viloyati), Farangiz Shamsiyeva (Samarqand viloyati), Dilmurod Sultonov (Xorazm viloyati), mumtoz qo‘shiq yo‘nalishi bo‘yicha Sayyod Jo‘rayev (Buxoro viloyati), Bahodir Sayidov (Navoiy viloyati), Alisher Ahmedov (Toshkent shahri), musiqa ijrochiligi bo‘yicha Shahzod Asatullayev (Qashqadaryo viloyati), Dostonjon Mirzokarimov (Sirdaryo viloyati), opera ijrochiligi bo‘yicha Zarnigorxon Umarova, Dildora Mirsodiqova (Toshkent shahri), Iqboljon Rahmatov (Farg‘ona viloyati), Aminzoda Jumaniyozov (Xorazm viloyati), raqs san’ati yo‘nalishi bo‘yicha Sehriyo Mirzayeva (Toshkent shahri) mazkur mukofotga loyiq topildi. Ularga diplom va mukofotlar tantanali tarzda topshirildi.
– Kamtarona ijodim Prezidentimiz mukofotiga loyiq ko‘rilganidan g‘oyat mamnunman, – deydi 2015-yilgi «Nihol» mukofoti sovrindori Sayyod Jo‘rayev. – Ushbu mukofot bildirilgan yuksak ishonchni oqlashga, unga munosib bo‘lishga, tomoshabinlar qalbidan joy oladigan yuksak saviyali yangi qo‘shiqlar yaratishga chorlaydi.
Tantanali kechada san’at ustalari va «Nihol» mukofotining sovrindorlari ishtirokida gala-konsert namoyish etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Hodiyev so‘zga chiqdi.