BARQAROR TARAQQIYOTGA MAS’ULLIK HISSI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mustaqilligimizning yigirma besh yilligiga bag‘ishlab “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Toshkent viloyatida ham yuksak saviyada tashkil etilmoqda.
Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan Qibray tumanida o‘tkazilgan tadbirdamehnat faxriylari, turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan kasaba uyushmalari tashkilotlari a’zolari, faol yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi T.Norboyeva va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishish va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Mustaqillik bayramini munosib kutib olish hamda ushbu sanaga bag‘ishlab tashkil etilayotgan tadbirlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishda davlatimiz rahbarining joriy yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
– Bayramoldi tadbirlarida xalqimizning dunyoqarashi, hayotga, mehnatga munosabati tubdan o‘zgarib, ijtimoiy faolligi va islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi yuksalgani namoyon bo‘lmoqda, – deydi Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Sh.Sobirov. – “Vatan ostonadan boshlanadi”,“Mamlakat ertasi va barqaror taraqqiyotiga har birimiz mas’ulmiz” mavzularidagi davra suhbatlarida ishtirokchilarning faolligi tadbirning yanada qiziqarli bo‘lishini ta’minladi.
Tadbir doirasida kam ta’minlangan oilalarga zamonaviy maishiy texnika vositalari berildi. Toshkent davlat agrar universiteti talabalari va hududdagi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining bir guruhiga kasaba uyushmalari stipendiyasi sertifikati topshirildi. “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida 8 nafar ayolga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriyalarda salomatligini tiklash uchun yo‘llanma berildi.
San’atkorlar ijrosidagi Vatan, tinchlik va do‘stlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
O’zA