BARQAROR UYG‘UNLIK SARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Inson va tabiat o‘rtasida muvozanatni saqlash, yer osti va yer usti resurslaridan oqilona foydalanishni keng targ‘ib etish maqsadida 22-may sayyoramizda biologik xilma-xillikni asrash kuni sifatida nishonlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simlik va hayvonot olami genofondi institutida O‘zbekiston Ekologik harakati, Qonunchilik palatasidagi Ekoharakat deputatlar guruhi hamkorligida ushbu sana munosabati bilan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishning qonunchilik asoslari” mavzuida seminar tashkil etildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari B.Alixonov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida tabiatni asrash, ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviylashtirish, ekologik muvozanatni saqlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi “2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘layotir.
Mamlakatimizda sakkizta davlat qo‘riqxonasi, bitta biosfera rezervati, ikkita milliy bog‘, o‘nta davlat buyurtma qo‘riqxonasi, oltita tabiat yodgorligi, hayvonlarning noyob turlarini ko‘paytirishga ixtisoslashgan “Jayron” ekomarkazi tashkil etilgan. Kamyob flora va fauna turlarini asrash, ekologik tizimlar barqarorligini saqlashga yo‘naltirilgan ko‘plab ilmiy-amaliy loyihalar hayotga izchillik bilan tatbiq etilmoqda. Hayvonot dunyosini muhofazalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida sayg‘oq, jayron kabi noyob jonivorlar kamayib ketishining oldi olinmoqda.
Tadbirda yurtimizda bioxilma-xillikni muhofaza qilish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi. Biologik xilma-xillikni muhofazalashga oid xalqaro konvensiyalar talablarini amalga oshirish yuzasidan ko‘plab loyihalar bajarilayotganligi qayd etildi.
– 2010-yil Buxoro viloyatidagi “Qumsulton” va “Xadicha” davlat buyurtma qo‘riqxonalari hamda “Poykent” va “Varaxsha” tabiat yodgorliklari muhofaza etiladigan hududlar sirasiga qo‘shildi, – deydi Ekoharakat deputatlar guruhi a’zosi Faxriddin Xolboyev. – 2011-yilda Quyi Amudaryo biosfera rezervati tashkil etildi. 2014-yilda o‘simliklarning noyob va qimmatbaho navlarini saqlab qolish, ko‘paytirish va ulardan oqilona foydalanish maqsadida maydoni 32,4 gektar bo‘lgan “Do‘rmon” milliy bog‘i bunyod etildi.
Seminarda «Gala film» studiyasi tomonidan O‘zbekiston Ekologik harakati bilan hamkorlikda ishlangan “Ustyurt sayg‘oqlari: yashash huquqi” filmi namoyish etildi.
O’zA