Baxtiyor Saidov: Biz O’zbekisto-Yevropa ittifoqi o’rtasidagi muloqotni chuqurlashtirish va tom ma’noda istiqbolli sheriklikni rivojlantirishda davom etamiz
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xalqaro hamkorlik bo’yicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan muzokara o’tkazdi
"Xalqaro hamkorlik bo’yicha Yevropa komissari Yozef Sikela janoblari bilan samarali uchrashuv o’tkazdik, – deb yozdi O’zbekiston TIV rahbari o’zining telegram-kanalida. – Samarqand shahrida bo’lib o’tgan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitining muvaffaqiyatli natijalari bilan mustahkamlangan O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o’zaro hamkorligining misli ko’rilmagan darajasini namoyon etmoqda. Muzokaralarimiz esa mazkur ijobiy dinamikani yana-da rivojlantirishga – yaqinlashib kelayotgan tadbirlarning boy kun tartibini muhokama qilishga, savdo va investitsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga hamda hali kashf etilmagan ko’plab imkoniyatlarimizni yuzaga chiqarishga qaratildi.
Biz O’zbekisto-Yevropa ittifoqi o’rtasida muloqotni chuqurlashtirish va tom ma’noda istiqbolli sheriklikni rivojlantirishda davom etamiz".