Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Bayram sayillari taassurotlarga boy bo‘ladi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Bayram sayillari taassurotlarga boy bo‘ladi

Yurtimizga bahor keldi. Qir-adirlar yashil tusga kirib, daraxtlar qiyg‘os gulga burkanmoqda. Tabiatga xos uyg‘onish, yangilanish kishilar ko‘ngliga ham ko‘chgan.

Yurtdoshlarimizning bir-biriga hurmati, mehr-muhabbati ularning samimiy munosabatida o‘z ifodasini topmoqda. Har kim o‘z uyi, mahallasi, ish joyini obodonlashtirish, saranjom-sarishta qilishga kirishgan. Bahorgi yumushlar, hasharlar boshlanib ketgan. Xalqimiz taraddudda – Navro‘z bayramini keng nishonlashga barcha joyda qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Bu tadbirlar Prezidentimizning joriy yil 25-fevraldagi “2015-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar asosida amalga oshirilmoqda. Xususan, joylarda o‘tkaziladigan bayram tadbirlari dasturini tayyorlashda xalqimizning o‘ziga xos urf-odat va an’analari, qadriyatlarini namoyish etish, folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, professional ijrochilar va iste’dodli yoshlarning chiqishlariga keng o‘rin berilmoqda.

– Bu yilgi bayram tadbirlari ham barcha tuman va shaharlarda umumxalq sayli sifatida nishonlanadi, – deydi Samarqand viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i K.Mizomov. – Shu bois konsert dasturlari va teatrlashtirilgan tomoshalarni namoyish etish, sport musobaqalari va milliy xalq o‘yinlarini o‘tkazish uchun joylardagi istirohat bog‘lari, madaniyat va aholi dam olish maskanlari, stadionlar tanlangan. Bayram tadbirlari ssenariylari har bir hududning tarixi, madaniyati, aholining o‘ziga xos milliy an’ana va qadriyatlaridan kelib chiqib, shuningdek, yurtimizda yashovchi boshqa millat va elatlarning ham urf-odatlarini aks ettirgan holda tuzilgan.

Samarqand shahrida o‘ndan ziyod joyda Navro‘z shodiyonalari nishonlanadi. Bu maskanlarda mahallalar, oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, xalq ta’limi muassasalari, yirik boshqarma va idoralar, milliy madaniyat markazlari, teatrlar o‘z bayram dasturlarini namoyish etadi. Sport musobaqalari, milliy xalq o‘yinlari va bayram taomlari ko‘rigi o‘tkaziladi. “Mo‘jiza” amfiteatrida namoyish etiladigan konsert dasturida folklor-etnografik ansambllar, badiiy havaskorlik jamoalari, bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilaridan iborat guruhlarning chiqishlari, taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilarning kuy-qo‘shiqlari, lapar va aytishuvlar o‘rin olgan.

Viloyatning eng yirik tumanlaridan biri Pastdarg‘omda asosiy bayram tadbirlari – Xindiboy va Olti qahramon mahallalaridagi stadionlarda o‘tkaziladi. Tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limidan ma’lum qilishlaricha, bu maskanlarda erta tongdan sumalak sayli, milliy kurash, varrak uchirish musobaqalari tashkil etiladi.“Navro‘zingdan aylanay, O‘zbekistonim!” deb nomlangan dastur tumandagi “Darg‘om mavjlari” folklor guruhi, “Sayqal”, “Durdona”, “Navro‘z”, “Darg‘om taronasi” ansambllari va xalq teatrining chiqishlari, samarqandlikhamda poytaxtdan taklif etilgan san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari asosida tuzilgan. 11- va 34-bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari ham bayramga mos dastur tayyorlagan. So‘ngra bayram tadbirlari tumandagi qirqqa yaqin mahallada davom etadi.

Viloyatning olis Qo‘shrabot tumanida bayramning asosiy tantanalari tuman markazidagi stadionda boshlanib, Zarkent shaharchasi, Jo‘sh va Shovona qishloqlari qir-adirlariga ko‘chadi.

– Bayram tomoshalarida san’atkorlar va badiiy jamoalar bilan birga bolalar guruhlariga ham keng o‘rin berilgan, – deydi tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi boshlig‘i E.Xolboyev. – Tumanimizdagi “Yozbuloq” bolalar folklor-etnografik ansambli, 21-umumta’lim maktabi o‘quvchi-qizlari tomonidan tayyorlangan dasturlardan milliy lapar va aytishuvlar, baxshilar chiqishlari, chorvadorlar hayoti bilan bog‘liq udum va marosimlar o‘rin olgan. Arqon tortish, kurash singari milliy xalq o‘yinlari ham o‘tkaziladi.

Azaldan Navro‘zni o‘ziga xos xalq sayli sifatida keng nishonlaydigan urgutliklar bu yilgi shodiyonlarga ham katta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tumanning asosiy bayram tadbirlari 2014-yilda foydalanishga topshirilgan Urgut istirohat bog‘idan boshlanadi.

Dasturga ko‘ra, erta tongdan jarchilar tuman ahlini bayram sayillariga chorlaydi. Istirohat bog‘ida bir nechta joyda kichik sahnalar tashkil etilib, tumandagi mahallalar, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar o‘z bayram dasturlarini namoyish etadi. Milliy hunarmandlik mahsulotlari, bahoriy taomlar ko‘rgazmalari o‘tkaziladi. Bog‘ hududidagi sport majmuasida o‘nga yaqin sport turlari bo‘yicha musobaqalar uyushtirish rejalashtirilgan. 2 ming 300 o‘rinli amfiteatrda “Xush kelding, Navro‘zim!” deb nomlangan badiiy dastur namoyish etiladi.

– Yangi bog‘da ilk bor nishonlanadigan Navro‘z tantanalariga tumandagi barcha badiiy jamoalar, ustoz san’atkorlar va yosh xonandalar katta tayyorgarlik ko‘rmoqda, – deydi “Beshqarsak” etnografik xalq ansambli badiiy rahbari B.Qodirov. – Biz ham bayramga xos milliy qo‘shiq va aytishuvlar bilan birga Keksalarni e’zozlash yiliga bag‘ishlab tayyorlagan dasturimizni namoyish etamiz.

Tumanning qo‘shni davlat bilan chegaradosh hududidagi Chep mahallasida o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida hududdagi o‘ndan ziyod qishloqlar aholisi ishtirok etishi kutilmoqda. Bu yerda o‘tgan yili bunyod etilgan zamonaviy mahalla markazi, sport majmuasida samarqandlik va poytaxtdan kelgan san’atkorlar, badiiy jamoalar tomonidan katta konsert dasturi namoyish etiladi. Milliy sport o‘yinlari, futbol musobaqasi o‘tkaziladi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, nogiron va bemorlar holidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari topshiriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi, Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlari, qishloq va mahallalarida Navro‘zga taraddud avjida. Mutasaddi tashkilotlar viloyatda bayramni tinch-osoyishta, ahil-inoqlikda o‘tkazish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jamoat tartibini saqlash, yong‘in xavfsizligini ta’minlash doimiy e’tiborda.

www.uza.uz