BAYRAMGA TAYYORGARLIK QIZG‘IN
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan Prezidentimizning shu yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Unda partiya markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi S.Otamurodov va boshqalar mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgan islohotlar samarasi Prezidentimiz rahnamoligida ishlab chiqilgan milliy taraqqiyot strategiyasi naqadar to‘g‘ri ekanligini namoyon etayotganini ta’kidladi.
Eng ulug‘ va eng aziz bayramimizga bag‘ishlab “Tinchlik va osoyishtalik – barcha yutuqlarimiz asosi”, “Istiqlolning yangi avlodi: biz hech kimdan kam emasmiz va kam bo‘lmaymiz!”, “Oilalar saodati – mustaqillik samarasi”, “O‘zbekiston mustaqillik yillarida. Kim edigu kim bo‘ldik?”, “Mustaqillik – milliy tiklanish va yuksalishdir”, “Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” kabi mavzularda forum, festival, tadbir va uchrashuvlar tashkil etish rejalashtirilgan.
“Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkaziladigan mazkur tadbirlarda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlarning tub mazmun-mohiyatini xalqimiz va jahon hamjamiyatiga yetkazish, mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida milliy manfaatlarni himoyalash, boy tarixiy merosimiz, urf-odat va an’analarimizni targ‘ib etish kabi maqsadlar ko‘zlangan.
– Mazkur tadbirlarda mustaqillik hayotimizni tubdan o‘zgartirgani, o‘zligimizni anglash, farovon hayot va yorug‘ kelajagimizni barpo etish yo‘lida beqiyos imkoniyatlar ochib bergani aholi, ayniqsa, yoshlarga aniq misollar bilan yetkaziladi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodirjon Muxtorov.
Tadbirda bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik-osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrash, doimo hushyor va ogoh bo‘lib, tinchlik uchun kurashib yashash muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.