BAYRAMNI YANGI UYDA NISHONLAYMIZ
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida Buxoro viloyati ichki ishlar idoralari xodimlaridan bir guruhi 43 oilaga mo’ljallangan ko’pqavatli zamonaviy turar joylarga ko’chib kirdideb xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o’rinbosari A.Mirzayev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida soha faoliyati takomillashib, uning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib borayotgani, xalqimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlashga kamarbasta bo’layotgan osoyishtalik posbonlari har tomonlama qo’llab-quvvatlanayotganini ta’kidladi.
Keyingi yillarda Buxoro viloyatida osoyishtalik posbonlarini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan ishlar ko’lami yanada kengaydi. Viloyat markazidagi ikkita turar joy binosi rekonstruksiya qilinib, soha xodimlari uchun xizmat uylari sifatida berilishi ham ko’rsatilayotgan yuksak g’amxo’rlik ifodasidir. Mazkur ob’yektlarda bosh pudratchi “Buxoro montajstroyservis texnologiya” sho’’ba korxonasi loyiha-smeta qiymati 2 milliard so’mlikdan ziyod bo’lgan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi.
Tadbirda ichki ishlar xodimlariga xizmat uylari kalitlari tantanali ravishda topshirildi.
— Davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan e’tibordan, uy-joy sharoitimiz yaxshilanganidan juda xursandmiz, - deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Qo’riqlash boshqarmasi 1-alohida militsiya bataloni shaxsiy tarkib bilan ishlash bo’yicha katta inspektori, serjant Alisher To’rayev. - Shu paytga qadar Vobkent tumanidan qatnab ishlardim. Mana endi oilam ham Buxoro shahrida yashaydi. Xizmat uyimizda barcha qulayliklar yaratilgan.
— El-yurt osoyishtaligi yo’lida xizmat qilayotganimdan faxrlanaman, - deydi Buxoro shahar ichki ishlar boshqarmasi voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi katta inspektori, kapitan Dinora Sharipova. - Vatanimiz mustaqilligining 24 yillik bayramini uch xonali yangi uyda nishonlaymiz. Bolalarim sportni yaxshi ko’radi. Bu yerda sport maydonchasi qurilib, turli jihozlar o’rnatilganidan ular juda mamnun.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimi M.Esonov so’zga chiqdi.