Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BEBAHO MADANIY MEROSIMIZ AN’ANALARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BEBAHO MADANIY MEROSIMIZ AN'ANALARI

“O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” mavzuidagi xalqaro ilmiy-madaniy kongress 16-may kuni Samarqandda davom etdi.

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, YuNESKO hamda Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armasining mamlakatimizdagi vakolatxonalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda yurtimiz va chet ellik olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, soha mutaxassislari va ekspertlar dastlab Mirzo Ulug‘bek madrasasi hovlisida “Sharqona gilam bozori – mustaqil O‘zbekiston gilamchiligining eng yaxshi namunalari” ko‘rgazmasi hamda ushbu loyiha doirasidagi kitoblar taqdimotida ishtirok etdi.

Tadbir qatnashchilari O‘zbekiston o‘zining boy madaniy merosi, ma’naviy qadriyatlari, fan va ta’lim sohasidagi ulkan yutuqlari bilan insoniyat tamadduniga beqiyos hissa qo‘shganini alohida ta’kidlab, mustaqillik yillarida ushbu madaniy merosni asrab-avaylash, milliy an’ana va qadriyatlarni davom ettirish uchun davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilganini qayd etdi. Xalq amaliy san’ati va milliy hunarmandlik an’analarining noyob yo‘nalishlari tiklanib, ilmiy tadqiq etildi. Bugungi kunda ular yosh avlod tomonidan munosib davom ettirilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham madaniyat, ilm-fan, adabiyot va san’at sohalarini rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilanib, izchil amalga oshirilmoqda.

Mehmonlar Samarqand gilamchilik va kashtado‘zlik mahsulotlari namunalarini ko‘zdan kechirdi, ota-bobolaridan meros kasbni davom ettirayotgan hunarmandlar, tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘ldi. Betakror san’at asari darajasiga ko‘tarilayotgan Samarqand ipak gilamlari, kashtalarini hayrat bilan tomosha qilib, ularning tayyorlanish jarayonini kuzatdi.

– Dunyoning eng yirik va mashhur muzeylarida O‘zbekistonning o‘tmishi, milliy an’ana va qadriyatlari bilan bog‘liq noyob tarixiy eksponatlar, kitob va qo‘lyozmalar ko‘p, – deydi “O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasining xalqaro koordinatori, rossiyalik Andrey Zibkin. – Loyihani amalga oshirish jarayonida bunga yana bir bor guvoh bo‘ldik. Anjuman doirasida ko‘rgan va eshitganlarimizdan xulosa qilib aytish mumkinki, bugun tayyorlanayotgan tasviriy va xalq amaliy san’ati namunalari, milliy hunarmandlik buyumlari, o‘rganilayotgan ilmiy manbalar ham bu zamin tarixi va madaniyati insoniyatning bebaho boyligi sifatida yuksak qadrlanadi. Samarqandning har bir obidasi, bu yerda namoyish etilayotgan noyob tarixiy ashyolar hayrat va havasimizni oshirmoqda.

Mirzo Ulug‘bek madrasasida o‘tkazilgan O‘zbekiston san’atining o‘ziga xosligi va tarixiy-madaniy ahamiyatiga big‘ishlangan anjumanda xorijiy va mahalliy olimlar, xalqaro ekspertlar o‘zbek xalq amaliy san’ati an’analari, Sharq va G‘arb o‘rtasida madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda Buyuk ipak yo‘lining o‘rni, Movarounnahr kitobat san’ati bo‘yicha ma’ruza va taqdimotlari bilan ishtirok etdi. “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” loyihasi doirasida chop etilgan kitob-albomlarni nashrga tayyorlash jarayoni haqida so‘z yuritildi.

Mamlakatimizda ilm-fan, san’at va madaniyat rivoji juda uzoq o‘tmishga borib taqalishi ta’kidlandi. Ajdodlarimiz bundan 3 ming yillar ilgari hozirgi zamonaviy ilm-fanning ilk poydevorini qo‘ygan va rivojlantirgan. Zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar astronomiya, matematika, tibbiyot ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Bu borada o‘ziga xos maktablar yaratilgan. Ayniqsa, Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahrda ilm-fan bilan birga, milliy hunarmandlik, shaharsozlik taraqqiy topgan. Sharqning yetuk olimlari, rassomlar, usta va hunarmandlar Samarqandda jam bo‘lgan.

Sohibqironning nabirasi Mirzo Ulug‘bek tomonidan bunyod etilgan rasadxona va madrasada G‘arbu Sharqdan yuzlab toliblar kelib astronomiya, matematika va boshqa fanlarni o‘rgangan.

– O‘zbekiston zaminida dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab allomalar kamolga yetgani haqida eshitgan bo‘lsam-da, mazkur kongressda qatnashib, yana ham ko‘p ma’lumotlar oldim, – deydi Britaniya muzeyi xodimi, doktor Ladan Akbarniya. – Buyuk astronom Mirzo Ulug‘bek bunyod etgan madrasada ma’ruza tinglash, hamkasblarim bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman. Bu hayotimdagi eng hayajonli, unutilmas lahzalar bo‘lib qoladi.

Anjuman qatnashchilari “Konigil meros” korxonasida dunyoga mashhur Samarqand ipak qog‘ozini qadimiy an’analar asosida tayyorlash jarayoni bilan tanishdi. Samarqandlik xattot va miniatyurachi rassomlar ko‘rgazmasini tomosha qildi.

Amir Temurning bog‘dorchilik an’analari asosida yaratilgan “Bog‘ishamol” bog‘ida tashkil etilgan madaniy dastur va milliy musiqa kechasi, “O‘zbekiston musiqiy merosi” kitob-albomi taqdimoti ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Xalqaro anjuman tadbirlari Samarqandning yulduzlarga to‘la oqshomida muazzam Registon maydonida namoyish etilgan “O‘zbekiston madaniy merosi – umumbashariyat xazinasi” nomli musiqiy tomosha bilan yakunlandi.

O’zA