Belarus Prezidentining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifiga doir
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 2018-yil 12-14-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikka doir keng koʻlamli masalalarni muhokama qilish, siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy, investitsiya, fan va taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston va Belarus Prezidentlari mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar.
Tashrif doirasida Toshkent shahrida “Belarusda ishlab chiqarilgan” milliy koʻrgazmasi tashkil etiladi, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va hududlari rahbarlari ishtirokida qoʻshma biznes va hududlararo hamkorlik forumi boʻlib oʻtadi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti, Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi koʻp qirrali doʻstona aloqalarga yangi surʼat baxsh etishga qaratilgan salmoqli davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar va boshqa hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.