BELGIYA PARLAMENTI VAKILLAR PALATASI RAISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Brussel shahrida Belgiya Parlamenti Vakillar palatasi Raisi Zigfrid Brake bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari hamda O‘zbekiston-Belgiya parlamentlararo hamkorligini chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almshildi.
Ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilgan va mamalakatimizdagi siyosiy, ijtimoiy islohotlar rivojini namoyish qilgan 2014-yil 21-dekabrdagi O‘zbekiston Republikasi Oliy Majlisiga va 2015-yil 29-martdagi Prezidenti umumxalq saylovlari natijalari to‘g‘risida Belgiya tomoniga ma’lumot berildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashning boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.