BERINA ARSLANAGICH-IBISHEVICH: “AJOYIB O’ZBEKISTON XALQIGA VA BOLALARIGA BARCHA EZGULIKLARNI VA ENG YAXSHI TILAKLARIMNI IZHOR ETAMAN”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mamlakatimiz Mustaqilligining 24 yillik bayrami arafasida YUNESEF xalqaro tashkilotining (BMT Bolalar jamg’armasi) O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Berina Arslanagich-Ibishevich “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan bo’lib o’tgan suhbat chog’ida quyidagi fikr-mulohazalarini bayon etdi:
— YUNESEF nomidan O’zbekistonning barcha xalqini tarixiy sana - Mustaqillik kuni bilan tabriklash menga katta mamnuniyat bag’ishlaydi.
O’zbekiston Respublikasi yosh davlat sifatida ko’pgina sohalarda salmoqli taraqqiyotga erishdi va buyuk kelajak, farovon jamiyat barpo etish yo’lida ishonch bilan bormoqda.
Mustaqillik kunining navbatdagi bayramini nishonlash har bir xalq uchun ulkan ahamiyatga egadir. Bu kun davlatning barpo etilishi va uning yanada rivoj topishiga o’z hissasini qo’shganlarga mamlakat xalqi o’z hurmat-ehtiromini namoyon qiladigan sanadir. Mamlakatingizda o’sib kelayotgan avlod O’zbekistonning kelajagi hisoblanadi. Bugungi kunda respublika yoshlari 24 yillik mustaqil rivojlanish yillari davomida davlat tomonidan ro’yobga chiqarilgan ijobiy sa’y-harakatlarning samaralaridan bahramand bo’lishmoqda.
Davlatingiz katta boylik va tayanch sifatida mamlakatning kelajagi asoslanadigan yosh avlodga alohida g’amxo’rlik va e’tibor bilan munosabatda bo’layotir.
“Bola huquqlari to’g’risida”gi Konvensiyaga qo’shilgan kundan buyon respublikada olib borilayotgan ishlar har qanday maqtovlarga loyiqdir. Bolalar o’limining kamayishi va ularning sog’liqni saqlashdan hamda ta’limdan bahramand bo’lishini yaxshilash yuzasidan salmoqli o’sishga erishildi. Bugungi kunda biz shifokorlar, patronaj hamshiralar, o’qituvchi hamda mahallalar maslahatchilari singari jamiyatning ahamiyati kam bo’lmagan vakillari bilan bog’liq dolzarb vazifalarni hal etish yuzasidan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqdamiz. Shu bilan birga, YUNISEF ularning malakalarini uzluksiz oshirib borishda ham ko’maklashayotganini qayd etish joizdir.
O’zbekiston xalqi muhim ahamiyatga ega bo’lgan sanani nishonlashga keng ko’lamda tayyorgarlik ko’rayotgan hozirgi tarixiy lahzalarda tashkilotimiz O’zbekistonning barcha bolalari tinchlik va farovonlikda yashashining imkoniyatlari teng va adolatli ta’minlanishi ishiga sodiq ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
So’zim intihosida ajoyib O’zbekiston xalqiga va bolalariga barcha ezguliklarni va eng yaxshi tilaklarimni izhor etaman.
“Jahon” AA